GO‘ZALLIK “DARSXONASI”

Inson go‘zallik shaydosi. Ayniqsa, xotin-qizlarimiz hamisha orastalikka e’tibor berib, o‘zlariga oro berishni xush ko‘rishadi. Ammo, ba’zan yuzdagi sepkil va dog‘lar kishi ko‘ngliga g‘ashlik soladi.

Azizlar! Yuzingiz tiniq va chehrangiz xushro‘y bo‘lishini istasangiz, quyidagi maslahatlarimizga amal qiling:

Petrushkaning yangi uzib olingan yaproqlaridan siqib olingan sharbat yuzdagi dog‘larni va sepkillarni ketkazadi. Uning yaproq va ildizi yarim soat davomida past olovda qaynatiladi va qaynatma bir oz sovutilgach yumshoq matoga shimdirilib, yuzga yopiladi. 20-30 daqiqadan so‘ng niqob olinadi. Bu muolaja yuz rangini tiniqlashtirib, ajinlarni kamaytiradi.

Baqlajon mevasining suvi siqib olinib, yuzga surtilganda yuzdagi dog‘larni ketkazadi.

Mosh ildizidan siqib olingan suvi ham yuzga surtilsa sepkillarni ketkazadi.

Kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazib yuzga niqob qilinsa, ajinlarni ketkazadi. Bu sabzavotning qaynatilib, sut qo‘shib yuzga surtilgani ham yaxshi natija beradi.

Bodring qirib, yuzga surtilsa, yuzni tarang qilib, tiniqlashtiradi.

Bir boylam shivit olib 10-15 daqiqaga suvga solib qaynatiladi. So‘ngra uni dokadan o‘tkazib, og‘zi yopiq idishga solib, salqin joyga qo‘yiladi. Shu qaynatma bilan har kuni yuz artib turilsa, dog‘lar kamayib, yuz tiniqlashadi.

Yog‘li yuz terisi uchun:

Yuzni har xil dog‘lardan unga ajin tushishidan saqlashda quyidagi aralashma foyda beradi. Bir osh qoshiq suzma, bitta tuxum oqi va bir osh qoshiq o‘simlik moyi aralashtirilib yuzga surtiladi va 20-25 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Bu muolaja sepkillarni kamaytirib, yuzdagi ajinlarni bartaraf etadi. Bitta limonning suvi siqib olinib, unga bitta tuxum oqi qo‘shilib yuzga surtilsa, yuz tiniqlashadi.

Quruq va yog‘lilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan yuz terisi uchun:

Tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq asal bilan aralashtirib yuzga surtilsa, yuzni tiniqlashtiradi.

Yana o‘qing:  Olma po‘chog‘i ozishga yordam beradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: