Dunyoning eng qimmat klubi

Dunyoga mashhur «Forbes» jurnali Ispaniyaning «Real Madrid» futbol klubini eng qimmat sport klubi deb e’lon qildi. Bu haqda nashr o‘z saytida xabar berdi.

«Forbes» Madrid klubining narxini 3,3 milliard dollar miqdorida baholamoqda. «Real» jahon sportida eng katta daromadga ega bo‘lib, 2011 – 2012 yillarda 650 million dollar ishlagan. So‘nggi uch yil ichida klub kirimi 62% ga oshgan.

«Forbes» reytingining ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini 3,2 milliard dollar bilan «Manchester United» va 2,6 milliard dollar bilan «Barselona» futbol klublari band etdi.

Reytingdagi keyingi o‘rinlarni Amerikaning «New York Yankees», «Bronx Bombers» kabi beysbol va futbol klublari egallagan bo‘lsa, yuqori o‘ntalikni Londonning «Arsenal» futbol klubi yakunladi.

«Forbes» 1998 yildan buyon eng qimmat sport klublari reytingini tuzib kelmoqda. So‘nggi uch yil davomida unda «Manchester United» futbol klubi yetakchilik qilib kelgan.

Sultona MAMUTOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  CHEMPIONLIK UCHUN KURASH QIZG‘IN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: