Toliqqan haydovchi va uning izmidagi yo‘lovchilar qismati

Hozirgi tezkor axborot asrida shu qadar ko‘p ma’lumotlarni miyamiz qabul qilishi qiyin. Ammo, kerak-nokerak turli axborotlar bilan uni to‘ldirish ham faqat miyani zo‘riqtiradi, xolos.

Kimdir uyqu hisobiga yarim kechagacha ko‘zi qizarib, internet olamiga virtual “sayohat”ga chiqsa, yana kimdir tungi bazmdan toliqib qaytadi. Ayniqsa, shaharlararo qatnovchi taksi haydovchilari uzoq yo‘ldan qaytgach, to‘yib uxlash o‘rniga yana tezroq yo‘lovchi olib safarga otlanadi. Ammo, “Ko‘za kunda emas, kunida sinadi”. Zero, uyqusizlikdan zo‘riqqan miya ichki biologik soat ritmiga bo‘ysunadi. U uxlab qoladi. Haydovchining ko‘zlari ochiq holda qotib, yo‘lga tikilib ketaveradi. Chunki u uyqusini qochirish uchun achchiq kofe ichib olgan yoki sigaretni bosib-bosib chekib olgan bo‘lishi mumkin. Ammo, bu vaqtinchalik ta’sir etuvchi “qisqa muolaja”. Mutaxassislar fikriga ko‘ra eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari haydovchilarning uxlab qolishi sababli ro‘y berar ekan.

Uyquga yotishdan oldin iliq dush qabul qilish kerak. Yana iliq sutga asal aralashtirib ichish ham foydali. Har bir inson, avvalo, to‘yib uxlashi zarur.

Uzoq yo‘lga chiqayotgan yo‘lovchilar hayotlarining xavfsizligiga o‘zlari ham mas’uldirlar. Shuning uchun safarga otlanganlar albatta, shofyorning ruhiy va jismoniy holatiga diqqat bilan e’tibor qaratishlari zarur. Agar u ko‘rinishidan toliqqan, ko‘zlari qizarib, uyqusirab turgan yoki kuchli charchoq ta’sirida zo‘r-bazo‘r gapirayotgan yohud bemor bo‘lsa, aslo u bilan yo‘lga chiqa ko‘rmang. Hatto, bu haydovchi o‘z yaqiningiz bo‘lib, ishingiz juda zarur bo‘lsa ham uni dam olishga ko‘ndiring. Yana bir maslahat. Shofyorning yonida o‘tirgan yo‘lovchi esnasa, bu yuqumli xomuza ta’sirida haydovchini ham uyqu bosadi. Shuningdek, uning yonida ketayotgan mijoz mumkin qadar uxlamaslikka harakat qilishi kerak. Zero, hamroh yo‘lovchi uxlab ketsa shofyor ham o‘zi bilmagan holda asta-sekin mudray boshlaydi. Bu esa juda xavfli. Germaniyada neyrofiziolog mutaxassislar haydovchilarning boshiga maxsus tibbiy kichikroq uskuna kiydirib bosh miya faoliyatini o‘rganishgan. Shunda yuqorida ta’kidlaganimizdek, ular charchagan holatlarda ko‘zlari ochiq bo‘lsada, shofyorning miyasi uxlab qolganini kuzatishgan. Yo‘lovchi tashuvchi yengil mashinalarning orqa qatorida o‘tirgan yo‘lovchi diqqat bilan mashina oynachasiga qarab haydovchining fiziologik holatiga e’tibor qaratishi zarur. Agar uni uyqu bosayotganini sezsa, darhol shofyorni ogohlantirib, chekkaroqqa to‘xtab, bir oz uxlab olishiga imkon yaratishi kerak. Manzilga kechroq bo‘lsada tinch-omon yetib borishga nima yetsin. Ba’zan haydovchining sovuqligi oshib ketib, tanada sovuq balg‘am hosil bo‘lsa ham uni uyqu bosadi.

Yana o‘qing:  “Yaqinlarimni qayta ko‘ra olamanmi?”

Bunday holatda haydovchiga faslga qarab issiq mijozli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni tavsiya etamiz. Ushbu mahsulotlarga qo‘y, ot go‘shti, qazi-qarta, dumba, sholg‘om, no‘xat, yasmiq, mosh, qizil, qora, oq loviya, qalampir, murch, xantal (gorchitsa), dolchinli yoki zanjabilli choy, qora shokolad, achchiq qora kofe, asal, yong‘oq, mayiz, yeryong‘oq, hind yong‘og‘i, o‘rmon yong‘og‘i, xandon pista, bodom, qora choy kiradi. Mabodo odamning qoni quyuq bo‘lsa ham qon tomirlarida qon aylanishi qiyinlashadi. Ushbu salbiy holatda ham shofyor o‘zini og‘ir his etib, diqqatini jamlay olmaydi. Quyuq qonni ko‘proq sarxil meva-sabzavotlar va poliz ekinlarini iste’mol qilish bilan bartaraf etish mumkin.

Ayniqsa, uzum va qizil lavlagi qonni suyultirib, uni tozalaydi. Ba’zan uzoq o‘tirib ishlash va noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli haydovchilarni qabziyat asorati sifatida bavosil (gemorroy) xastaligi bezovta qiladi. Agar bemor kundalik taomnomasida ichni ravon keltiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul etib, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tib turmasa ahvol jarrohlik stoliga yotishgacha olib keladi. Davlat korxonalarida faoliyat yurituvchi haydovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishga majburdirlar. Ammo, shaxsiy mashina egalarining o‘z ixtiyorlari o‘zida. Ularga ham yilda ikki marta o‘z sog‘liqlari haqida jiddiy qayg‘urib, tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlarini tavsiya etamiz. Zero, bu nafaqat o‘zlari uchun, balki ularga ishonib uzoq safarga otlangan yo‘lovchilarning xavfsizligi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: