Talabalar uchun milliy axborot-ilmiy markazi tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Talabalar uchun Milliy axborot-ilmiy markazini tashkil etish bo‘yicha haftalik ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ushbu markaz konsepsiyasini ishlab chiqish va tashkil etish uchun Toshkentdagi Britaniya Kengashi taklifiga binoan tashrif buyurgan London Metropolitan universiteti Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Kristofer Leyn loyiha ishchi guruhi bilan birgalikda talabalar uchun eng yaxshi jahon va milliy amaliyot markazlari tajribasini o‘rgangan holda ish olib boradi.