JAJJI MUZAFFARLAR

“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi asosida yurtimizda kamol topayotgan avlodni sog‘lom, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash uchun zarur shart-sharoit yaratish, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishiga jalb etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarni sportga jalb etish, ularni jismonan chiniqtirish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, bolalar o‘rtasida do‘stlik, birodarlik va birdamlik fazilatlarini kamol toptirish maqsadida Olmazor tumanidagi 423-432 maktabgacha ta’lim muassaslarida “Kichkintoy-shirintoy” sport musobaqalari o‘tkazildi. Unda bolajonlar turli sport mashqlarini bajarib, kuch sinashdi.

Tadbir tuman hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, xalq ta’limi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining tuman filiali, Ma’naviyat targ‘ibot bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan jajji qatnashchilarga “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tuman bo‘limidan turli xildagi esdalik sovg‘alar topshirildi.

Mahliyo QUTLIYEVA

Yana o‘qing:  EPLI QIZNING SEPI – HUNAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: