Mushtariy murojati
Xotinim bilan alohida yashayapmiz. Nikohimiz bekor bo‘lganidan so‘ng farzandimni ko‘rib turish, ota-onam bilan uchrashtirish xuquqiga egamanmi?
Nargiza MURODOVA,
Toshkent shahri
“Bola huquqlarining kafolatlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasida bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi, deya belgilab qo‘yilgan.
18 yoshga to‘lmagan, ota-onasidan mahrum bo‘lgan o‘smir xuquqbuzarlik holatini sodir etsa, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kim himoyalaydi?
Sodiq NORMATOV,
Samarqand viloyati
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari” to‘g‘risidagi Qonunining 11-moddasi, “Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqiy kafolatlari” to‘g‘risidagi bandida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Savollarga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman 2-son davlat notarial idorasi notariusi Kamola DJURABAYEVA javob berdi.