“Mehnatni manga yor etti, mehnatqa meni”

Zahiriddin Muhammad Bobur

Jismimda isitma tobidin otashdur,

Jonimg'a balou g'ussa bebarkashdur,

Ko'p dard ila g'amdin manga noxushluq edi,

Sen so'rg'ali ey habib, Ko'nglum xushdur.

* * *

Davron meni o'tkardi saru samondin,

Ayirdi bir yo'li meni xonumondin,

Gah boshima toj, gah baloyi ta'na,

Nelarki, boshimg'a kelmadi davrondin.

* * *

Necha bu falak solgusi g'urbatqa meni,

Har lahza tugangusiz mashaqqatqa meni,

Ne chora qilay, netayki, Tengri go'yo

Mehnatni manga yor etti, mehnatqa meni.

* * *

Ahbobg'a qilsang guzar, ey yel, nogoh,

Ul jam'ni bu so'zimdin etgil ogoh,

Siz ko'rgandek eson-salomatturbiz,

Siz dog'i eson bo'lg'aysiz, inshoolloh.

* * *

Ul xatki, anda seni men yod etgaymen,

Ko'z oqida koshki savod etgaymen,

Kifriklardan anga qalam rost qilib,

Ko'z qarosidin anga midod etgaymen.

* * *

Xating bila ko'nglagingni irsol etting,

Qayg'u bila mehnatimni pomol etting,

Ul xat bila xotirimni xursand aylab,

Bu ko'nglak ila ko'ngulni xushhol etting.

* * *

Tole' yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi,

Har ishniki, ayladim – xatolig' bo'ldi.

O'z yurtni qo'yib, Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.

Birovningkim, birovdin ko'ngli qolur,

Kishi yuz so'z bila ko'ngulni olur.

Ajabkim, mendin, ey dildor, to'yding,

Mening ko'nglumni bir so'z birla qo'ydung.

Uzatma muncha ham, Bobur, so'zungni,

Bu so'zlar birla xor etma o'zungni…

Seni sevmasligingni xazm etarmen,

Bosh olib o'zga bir sori ketarmen.

Agar botroq yubormassen javobim,

Bu xatdin ortuq o'lur pechu tobim.

Яна ўқинг:  Ёрқинойнинг ойдин йўли

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: