DUNYOGA TARALGAN DUTOR SADOSI

Niginaning musiqaga, san’atga mehri bo‘lakcha. Qizalog‘idagi bu muhabbatni ko‘rgan onasi uni tez-tez turli teatr va konsertlarga olib boradi. Sahnaning mahobati, unda taralayotgan kuy-qo‘shiqlarning jozibasi, san’atkorlarning ijrochilik mahorati jajji Niginani batamom o‘ziga maftun qilib olgan edi.

Bir kuni sahnada dutorning diltortar navosi qizaloqni sehrlab, ijrochining mahoratiga dildan havasi keldi. Ehtimol, o‘sha kundan boshlab uning musiqaga bo‘lgan cheksiz muhabbati uyg‘ongandir.

Nigina bolalik kezlarida maktabdan tashqari Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 21-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa sirlaridan saboq oldi. Niginaning aytishicha, undagi qiziqish keyinchalik faoliyatga aylanishida ota-onasining e’tibori va ko‘magi katta.

– Yurtimizda iste’dodli yoshlar imkoniyatlar bisyor. Shuningdek, ularga mahoratini oshirishda yo‘l-yo‘riq beradigan tajribali ustozlar ham oz emas. Bunga men festivalda ishtirok etib amin bo‘ldim. Tanlovga barcha davlatlardan kelgan ishtirokchilar o‘z cholg‘u asboblari bilan kuy ijro etdilar. Ammo bizning milliy dutordek ohanglari samimiy, diltortar cholg‘u asbobi bo‘lmasa kerak. Bu birgina meni emas, balki hakamlar hay’atining e’tirofidir.

Yurtimizda Niginaga o‘xshagan ko‘plab iste’dodli yoshlar xalqaro maydonlarda fan, san’at, madaniyat va sport sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Darhaqiqat, farzandlarimizning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish, yoshlarning milliy va jahon musiqalari hamda tasviriy san’at namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun yurtimizda ko‘plab qulayliklar mujassam.

Yaratilgan imkoniyatlar va jonkuyar ustozlarning ko‘magi bilan Nigina Xolmirzayeva o‘tgan yili Italiyaning Rim shahrida o‘tkazilgan “Primavera ramanov” xalqaro ko‘rik tanlovda musiqa festivalida Dutor prima cholg‘u asbobida “Vinger Lo‘lilari variatsiyasi”, “Kuba ohanglari” kuyini ijro etdi. Shuningdek, Dutor al’t asbobida “Tabassum” va “Rohat” kuyini, milliy an’anaviy dutorda esa “Samoiy dugoh” va “Rajabiy” kuylari bilan qatnashdi. Festival davomida qizaloqning mahorati nafaqat hakamlar hay’ati, balki ko‘plab festival ishtrokchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi.

Vasila PO‘LATOVA

Яна ўқинг:  Тўйга муносиб тўёна

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: