Qorovultepa sohillarida

Baland tog‘lardan oqib tushayotgan ko‘plab jilg‘a va irmoqlarni birlashtiruvchi Zarafshon daryosi tezoqar Tuyatortar kanali bo‘ylab G‘allaorol hududidagi Qorovultepa suv omboriga quyilgach sekinlashib, osoyishta tus oladi. U viloyatimizning ko‘plab fermer xo‘jaliklariga qarashli bog‘-rog‘lar, terakzor va qishloq xo‘jalik ekinlarini obihayot bilan to‘yintirib keladi. O‘quv dargohimiz qoshida tashkil etilgan “Yosh sayyohlar” to‘garagi a’zolarining bir guruhi bilan yaqinda Qorovultepa suv omboriga sayohat uyushtirdik.

Yo‘l-yo‘lakay tez tushar sharsharalarni ko‘rib hayratimiz oshdi. Bu yerda o‘tloqlar katta maydonni egallagan. Yashil olamning turfa mavjudotlarini uchratishingiz mumkin. Yakkam-dukkam yovvoyi olma, olcha va do‘lana daraxtlari ko‘zga tashlanib qoladi. Obihayotning mo‘lligi barcha mavjudotlarning yashashi uchun qulay. Suv ombori manzarasi maftunkorligi bilan o‘quvchilar diqqat-e’tiborini tortadi. Suv sathi ming bir jilolanib, haqiqiy joziba kasb etgan. Tabiati mo‘tadil.

Bu yerda o‘nlab turdagi baliqlar makon topgan. Baliqchi qushlarning behisob galasi ko‘kni qoplagan. Mavsumiy o‘zgarishlar ular uchun ozuqalarni yangilaydi, mo‘lligini ta’minlaydi. Qushlarning chug‘ur-chug‘uri bir dam ham tinmaydi. Ularning suv yuzasidagi “ziyofati” tugamaydi.

Bu so‘lim maskanda kuzda ham yorqin rangdagi gullar hasharotlarni jalb qilgan. Ahyon-ahyonda sakrab yurgan quyonlar ko‘zga tashlanib qoladi. Ular mo‘yna va go‘sht ob’ekti sifatida amaliy ahamiyatga ega. Beozor ona quyon bizni ko‘rgach, bolalarining isini tuyadi. Hid bilish va eshitish tuyg‘usiga tayansa salgina harakat ham uning e’tiborini tortadi. Tezda kichkintoylarni buta orasiga yashirishga harakat qiladi.

Ertalab bu yerda eng ko‘p qushlar yig‘iladi. Ularning xonishi boshlanib, borliqni turli ovozlar chulg‘aydi. Xonish qilishdan qaysi qushlar ekanini bilish qiyin emas. Qushlar sayrab, bir-biriga javob qaytaradilar. Ularning har bir harakati muhim. Suv ombori tevarak-atrofini yovvoyi o‘rdak, chiroyli oqqush, qarchig‘ay, qashqaldoq kabi qushlarni uchratdik. Ular polaponini boqish uchun qanot qoqib bir dam ham tinmasdi. Yil fasllarga qarab qushlarning fe’l-atvori ham o‘zgarib turishi tabiiy. Bizning bir kunlik sayohatimiz o‘quvchilarga boy taassurot qoldirdi. To‘garak a’zolaridan Jasur Tursunqulov, Shahboz Rayimov va Ozod Abduqodirovlar do‘stlariga tabiatni sevish, qanotli do‘stlarimizni xavf-xatarlardan asrab, atrof-muhitni yanada rango-rang, ko‘rkamligi uchun kurashmoq lozimligini so‘zlab berishdi.

Dilfuza Anvarova,

G‘allaorol tumani 26-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Яна ўқинг:  Zavol bilmagan do'stlik

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: