MENI KUTAR PORLOQ KELAJAK

Bu nurafshon hayotda o‘z kelajagi haqida o‘ylab, uni istiqbolli bo‘lishini niyat qilgan insonlar juda ko‘p. Ammo bunga jiddiy yondashmay, vaqt deb atalmish bebaho ne`matning qadrini chuqur anglab yetavermaydiganlar ham yo‘q emas. Farzandning iqtidori va qobiliyatini erta anglab uni shakllantirishda ota-onalarining o‘rni nihoyatda katta. Bunda ularning ko‘magi muhimdir.

Mavluda opa va Oybek aka Akromovlar ham to‘ng‘ich farzandi Dilzodaning bolaligidan tikish-bichishga iqtidori borligini payqashdi. Hali maktab yoshiga yetmagan qizaloq o‘z qo‘g‘irchoqlariga ajoyib, bejirim liboslar tika boshlaganidan, xonadon kattalarining ko‘zi quvnaydi. Mato ranglari bir-biriga hamohang tanlangan. Ko‘ylakchalarga bejirim tikilgan kichik-kichik gulchalar ham kishini befarq qoldirmaydi. Shu sabab Mavluda opa qizini tikish to‘garagiga biriktirib qo‘ydi. Keyinchalik, Dilzoda o‘z malakasini oshirish maqsadida Shayxontohur tumanida joylashgan “Barkamol avlod” markazi qoshida ochilgan “Libos dizaynerlik” to‘garagiga qatnay boshladi. Tirishqoq qiz Nodira Ochilova, Sevara Abdusattorova, Sodiq Shofayziyev kabi ustozlaridan dizaynerlik sohasining sir-asrorlarini qunt bilan o‘rgana boshladi. Shu bilan birgalikda u turli tanlov va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, o‘z malaka va iqtidorini namoyish etdi. Yaqinlarining ko‘magi bilan yosh dizayner har yili o‘tkazilayotgan “Bolajonlar – shirintoylar” nomli bolalar moda festivalida o‘zining “Boysun chechaklari”, deb nomlangan o‘ndan ortiq kolleksiyasini taqdim etdi. Kolleksiyaning “Boysun chechaklari” deya nomlashiga sabab Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos yorqin va betakror kashtalari qizaloqni hayratlantirgan bo‘lsa, ajab emas.

Liboslar asosan ikki yoshdan sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolajonlar uchun mo‘ljallangan. Undagi tanlangan ranglar, kashtalar, liboslar bichimi yetuk dizaynerlar e`tiboriga sazovor bo‘ldi.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtidorli dizaynerlar ishtirok etgan modalar namoyishida 9-sinf qizning ishtiroki e`tirofga molik, albatta. Bu tadbir uning uchun katta mahorat maktabiga aylandi.

– Biz yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar tufayli o‘z iqtidorimizni namoyish qilish imkoniga egamiz. Kelajakda dizaynerlik sohasini mukammmal egallab, milliy liboslarimiz hamda kashtamizni dunyoga tanitishni orzu qilaman, – deydi Dilzoda Akromova

Inson o‘z ustida tinimsiz ishlashi, tanlagan kasbini dildan sevishi lozim. Maqsad sari intilish chog‘ida uchragan barcha qiyinchiliklarning mukofoti albatta bo‘ladi. Buning uchun vaqtini bexuda o‘tkazmasdan, muvaffaqiyat sari olg‘a intilmoq lozim. Zero, bugungi qilingan harakat kelajagimizni nurafshon bo‘lishiga zamin bo‘ladi.

Яна ўқинг:  Katta oilaning katta umidi

Ma`rifat TOLIPOVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: