“SOG‘LOM AVLOD” KUNLARI

I Respublika tibbiyot kollejida “Sog‘lom avlod kunlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra‘no Zaripova kollejning “Ma`naviyat va ma`rifat” xonasida muassasaning iqtidorli talabalari bilan uchrashib, “Sog‘lom avlod” gazetasi qoshida tashkil etilgan “Ozod yurt bolalari” klubining faoliyati haqida gapirib berdi. Shuningdek, kollejda tashkil etilgan “Nafosat” klubi qatnashchilari bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilarga o‘z maqsad va intilishlarini yanada yuksaltirish borasida o‘z maslahatlarini berdi.

Shuningdek, kollejning “Majlislar zali”da klubning ko‘chma yig‘ilishi o‘tkazildi. Tahririyat a`zolari “Sog‘lom avlod” gazetasidagi yoshlarga atalgan ko‘plab sahifalar, tibbiyot sohasidagi yangiliklar, sportning hayotimizdagi tutgan o‘rni va iste`dodli bolalarning gazetadagi chiqishlari, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovlar haqida ma`lumotlar berishdi.

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi Oydin Sa`dullayeva XX asrda axborot texnologiyalarining keskin taraqqiy etishi axborot oqimining tezlashuviga ta`sir qilib, “axborotni boshqarish”, “axboriy-psixologik ta`sir” kabi tushunchalar ham yuzaga kelishiga olib kelganligi, ommaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali kishilar ongiga ta`sir qilish, jamoatchilik fikrini shakllantirish avj olganligi xususida gapirdi. Internetdan foydalanayotganda ma`naviyatimizga yod bo‘lgan oqimlarga tushib qolmaslik, saralab o‘qish va tanlagan dalillarni chuqur mulohaza qila olish lozimligi xususida suhbatlashdi.

Tadbirda o‘quvchilar ham faol qatnashishdi va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. “Sog‘lom avlod” kunlari tadbiri barcha ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Яна ўқинг:  Китобхонлик: анъана ва замон уйғунлиги

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: