Xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

Chirchiq shahridagi 7-musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari Chexiya davlatida bo‘lib o‘tgan VI “Praga sehrli yulduzlari” xalqaro tanlovida Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishdi.

San’atsevar bolajonlarning yuksak iqtidori hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirof etildi. Yuzlab chiroqlar yog‘dusi qo‘yniga cho‘mgan sahnada o‘quvchilarning fortepiano, vokal, estrada, estrada vokal, xoreografiya yo‘nalishlaridagi ijro mahoratlari dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tengdoshlariga namuna bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a emas.

Ta’lim maskanining 2-sinf o‘quvchisi Timur Mirahmedov gran-pri sohibi bo‘lgan bo‘lsa, maktab qoshidagi ansambl ishtirokchilari birinchi o‘ringa, Marlen Abduramanov, Lola Inkarova kabi o‘quvchilar ikkinchi, Sevilya Menumirova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Яна ўқинг:  ЭНДИ САРАТОННИ ЭРТА АНИҚЛАШ МУМКИН

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: