Hunar – qizning ko‘rki

Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz, momolarimiz o‘z hunarlarini avloddan-avlodga meros qoldirganlar. Yurtimizda misgar, zargar, maxsido‘z, pichoqchi, kandakor kabi yo‘nalishlarda ko‘plab sulolalar dong taratgani so‘zimiz tasdig‘idir.

Xurshidaning otasi Ergash aka garchi hunarmand bo‘lmasa-da, qizi tanlagan kasbni puxta egallashiga shart-sharoit yaratib berdi. Onasi Zarifaxon opa ham farzandini ma’naviyatli, saranjom-sarishta etib tarbiyaladi, uning popopchilik hunariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatladi…

U qadimiy milliy chokli buyumlar tikish, popopchilik san’atini davom ettirish maqsadida ustozi Matlubaxon Bozorovadan milliy popopchilik sirlarini mukammal egalladi. O‘z ishiga bo‘lgan mehri, fidoyiligi bois bugungi kunda Xurshida Xayitboyeva respublikada tajribali yosh hunarmand ayol sifatida tanildi.

Ayni paytda X.Xayitboyeva Namangan chevarchilik va popopchilik maktabi ustalari ishlarini davom ettirib kelmoqda. Uning milliy naqshlar jilosini o‘ziga jo etgan zamonaviy bichimdagi liboslari o‘zining haridorgirligi bilan boshqalardan farq qiladi. Shu jihati bilan Xurshida popopchilik hunarini qayta tiklash borasida samarali faoliyat olib borayotgan yosh hunarmandlardan biri sanaladi. Uning nozik did sohibi ekanligini qator ko‘rgazmalarga qo‘yilgan mahsulotlaridan ham bilib olsa bo‘ladi.

Jumladan, Xurshidaxon “Tashabbus – 2011” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida “Eng yaxshi ayol hunarmand”, 2012-yilda aynan shu ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida “Eng yaxshi hunarmand” nomiga sazovor bo‘ldi. “Tashabbus – 2013” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida esa “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rin sohibasi bo‘ldi. Shuningdek, Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Ipak va Ziravorlar” xalqaro festivalida faol ishtirok etib, maxsus diplomga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, “Vatan taraqqiyotida mening hissam” hunarmandlar ko‘rgazmasining Respublika bosqichida shogirdlari bilan birga ishtirok etishi, uning hayotida o‘chmas iz qoldirdi.

U 2010-yildan “Usta-shogird” maktabini tashkil etib, ayni paytda 15 nafar qizlarga chokli buyumlar tikish hunarini egallashlarida bosh-qosh bo‘lmoqda. Shuningdek, Namangan shahridagi 26-mehribonlik uyining 14 nafar tarbiyalanuvchi qizlariga homiylik sifatida milliy liboslar tikish hunarini o‘rgatdi.

– 2013-yil boshida Mikrokreditbankdan imtiyozli kredit olgan edim. Bu mablag‘ orqali o‘z faoliyatimni yanada kengaytirib, hozirda kelinlar milliy liboslari, zarchopon, zamonaviy elita pardalar, popop belbog‘, choyshab, popop do‘ppi, kostyumlar tikmoqdamiz. Kelajakdagi orzuim “Usta-shogird” maktabi an’analarini kengaytirish, ayollarga hunar o‘rgatib, ularni ish bilan ta’minlashni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman, – deydi Xurshida Hayitboyeva.

Яна ўқинг:  Касбга ўргатиш малакаcи: 10-11-синф ўқувчилари учун талаблар қандай?

Orzulari osmonga teng bu qizimizga omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: