Kichkintoyning katta g‘alabalari

Akramxonning bobosi matematika fani o‘qituvchisi. Ular – shaxmat miyani charxlaydi, matematika fanini yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi, – deydilar. Shu bois Akramxonning ota-onasi farzandini shu sport turiga qiziqtirishgan.

– Kechki payt dasturxon atrofida yig‘ilganimizda akam bilan shaxmat o‘ynaymiz. Ba’zan bizga ota-onamiz ham qo‘shilib, bahslashib ketadilar. Men kelajakda Rustam Qosimjonov kabi mohir shaxmatchi bo‘lishni orzu qilaman, – deydi Yunusobod tumanidagi 302-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Akramxon Murodxonov.

2012-yilda hali bog‘cha yoshidagi Akramxon Yunusobod tumani MTMlararo o‘tkazilgan shaxmat chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shundan keyin yosh shaxmatchi 15-Olimpiya zahiralari sport maktabining shaxmat to‘garagiga qatnay boshladi. Bugungi kunda u ustozi, “Shuhrat” medali sohibi Ravshan Shukurovdan shaxmat sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganib kelmoqda.

O‘tgan 2013-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida Shri-Lankada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Akramxon Murodxonov ham ishtirok etib, kuchli beshlikdan joy olishi uning yuksak salohiyat egasi ekanidan dalolat beradi. Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-ayn shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Fransiya, Kanada, Zimbabve hamda polshalik tengdoshlari bilan bellashib, kuchli o‘ntalikka kirdi.

Shu kunlarda Akramxon “Kumush qish” deb nomlangan shaxmat turnirida ishtirok etmoqda. Turnir g‘oliblari 24-yanvar kuni shaxmat bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘l oladilar.

Akramxon kelajakda o‘zi tanlagan sport turi bo‘yicha yangi-yangi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz.

Яна ўқинг:  СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ – ЭЛГА МАДАД

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: