Nega do’l aynan yoz faslida yog’adi?

Kuchli shamol aralash yoz momaqaldirog’i paytida do’l «sharcha»lari bulutda bir necha marta ko’tarilib-tushadi. Shu bilan bir vaqtda u bulutning sovuq va issiq qatlamlariga ketma-ketlik bilan tusha boshlaydi. U har safar yangi muz qatlami bilan qoplanib kattalasha boradi. Nihoyat, do’l sharchalari shunchalik katta va og’ir bo’lib qoladiki, bulutdan yerga «to’kila» boshlaydi. Shuningdek, katta do’l donalari chaqmoq bulutining yuqori qatlamlaridagi manfiy haroratda shakllanadi. Ammo shu bilan birga quyi qatlamlarda muz eriydigan harorat bo’ladi va shu bois tomchilar muzlab gradinokka aylanadi. Qishda barcha bulutlardagi harorat noldan past bo’ladi. Yozdagi momaqaldiroq bulutlarida esa, aksincha, katta farq mavjud, haqiqiy do’l faqatgina yozda sodir bo’ladi.

Madina Axmedova

Яна ўқинг:  Сурункали яраларни даволовчи пластир яратилди

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: