TOTUVLIKDAN NURAFSHON DILLAR

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Vatanimiz mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlab «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Yozuvchilar uyushmasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar vakillari, mahalla faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mahalla va oila institutlarini uyg‘un rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Bu boradagi ishlar ko‘lami Obod turmush yilida yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlari asosida mahallalar faoliyati yanada kengaytirildi. Bugun aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini va fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning o‘rni va roli oshib borayotir.

Bu jihatlar Toshkent shahridagi 476 fuqarolar yig‘ini faoliyatida ham o‘z ifodasini topmoqda. Ular tomonidan to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, to‘y-hashamlar va turli marosimlarni ixcham o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Mahallamizda o‘n ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi, – deydi Shayxontohur tumani «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Manzura Valiyeva. — Jamiyatimizdagi tinchlik va ahillik muhitini saqlash, yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘naltirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ish olib boryapmiz. Bu ishlar mahallamizdagi xonadonlar hayotining ajralmas qismiga, har bir insonning kundalik vazifasiga aylanmoqda.

Tadbirda poytaxtimizning ibratli mahallalari hayotiga oid ko‘rgazma tashkil etildi. San’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi.

Nazokat USMONOVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Eng totli tuhfa

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: