Sanitariya nazorati – salomatlik omili

Mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar avvalo inson salomatligini asrash, yosh avlodni sog‘lom voyaga yetkazish hamda aholini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ta’kidlash joiz, bugungi kunda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) va uning 11 ta tuman markazlari, dezinfeksiya bo‘limi va uning tuman bo‘limlari tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Markaz tibbiy-profilaktika muassasasi hisoblanib, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Republikasi qonuni va boshqa huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, xizmatning rivojlanish konsepsiyasi asosida majmuaviy sanitariya-gigiyenik, profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarini amalga oshiradi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, shahar hududiga chetdan karantin va o‘ta havfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishining oldini olish, ob’yektlar, texnologik jarayonlar, transport vositalarini tashqi zararli omillardan saqlashda ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini o‘rnatish, tibbiy madaniyatni oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyat hisoblangan sanitariya-profilaktika tadbirlarini amalga oshirish markaz xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Bundan tashqari markazning asosiy funksiyalari ham mavjud. Bular davlat sanitariya nazorati va sanitar-profilaktik, dezinfeksiya tadbirlarni o‘tkazish, sanitar-bakteriologiya, sanitar-kimyoviy, virusologik, parazitologik, radiologik usullardan foydalanib, toksiko-gigiyenik ekspertiza o‘tkazish, shuningdek, favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya, laboratoriya kengashlarida muhokama hujjatlarini tayyorlash, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishdir.

Qolaversa, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha o‘zidagi va xorij tajribalarini umumlashtirib, uni amaliyotga tatbiq etish, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari laboratoriyalarida metrologiya, standartizatsiya talablari bo‘yicha sanitar-epidemiyaga qarshi talablar shakli va uslublarini takomillashtirish, laboratoriya komplekslarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyaga tayyorlash, xorijdan keltirilayotgan va chetga chiqariladigan mahsulotlarni tekshiruvdan o‘tkazib, xulosa berish ham ayni shu muassasa zimmasidagi vazifalardandir.

Xususan, xalq xo‘jaligi ob’yektlarida aholi salomatligiga ta’sir etuvchi texnogen zararli omillarni bartaraf etishda sanitar-profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirilishini nazorat qilish, shahardagi tibbiyot mussasalarini vaksinalar, bakterial preparatlar hamda DSENM laboratoriyalarini diagnostikumlar, ozuqa muhitlari bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirish va aholining murojaat va shikoyatlarini ko‘rib chiqish ham muassasaning majburiyatlaridan hisoblanadi.

– Bugungi kunda shahar, Respublika va qo‘shni davlatlardagi epidemiologik holatlarni hisobga olgan holda DSENMda o‘tkir yuqumli ichak infeksiyalari, gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar, epidemik parotit, qizamiq, qizilcha, virusli gepatit, qorin tifi, paratiflar, kuydirgi va boshqa infeksiyalarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘tkazilgan chora-tadbirlarimiz natijasida joriy yilda bir qator yuqumli kasalliklarning kamayishiga erishildi. Karantin va boshqa o‘ta xavfli infeksiyalarning chetdan kirib kelishi va tabiiy o‘choqlaridan tarqalishga yo‘l qo‘yilmadi. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar to‘liq shifoxonaga yotqizilib, ularning davolanishi ta’minlandi, – deydi markaz rahbari Bekzod Adilov. – Ta’kidlash joizki, 2015 yilda profilaktik emlash kalendariga kiritilgan pnevmokokk vaksinasi bilan har bir bola 2-3 va 12 oyligida emlanmoqda.

12 xil yuqumli kasallikka qarshi emlashlar davlat tomonidan bepul amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda 94-98 foiz bolalarni emlash bilan qamrab olinishi natijasida bugungi kunda emlashdan keyin shol, qizilcha, qoqshol, qizamiq, bo‘g‘ma kabi ba’zi yuqumli kasalliklarning qayd etilishining oldi olinib, emlashdan keyingi asoratlarning bartaraf etilishiga erishildi. Shuningdek, “A” virusli gepatitga qarshi emlash ishlari indemik hududda joylashganimiz hamda kasallikning mavsumiy ko‘tarilishini hisobga olgan holda aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borilib, bugungi kunda emlash ota-onalarning hisobidan amalga oshirilmoqda.

Yana o‘qing:  Bolalarga quvonch ulashing

Aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan chora-tadbirlar natijasida so‘nggi 10 yilda shifoxona ichi yiringli-septik infeksiyalarining ko‘tarilishi qayd etilmadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rtasida yiringli-septik infeksiyalar birmuncha kamaydi. Laboratoriyalarni zamonaviy asbob-anjomlar bilan ta’minlash yaxshilandi.

Ayni paytda shahar DSENM sinov laboratoriyalari 178 million so‘mdan ziyod mablag‘ hisobiga tubdan ta’mirlandi. Respublika DSENMga 20 turdagi o‘lchovlar uchun buyurtma tayyorlanib, topshirildi.

Bugungi kunda shahar aholisining 99,97 foizi vodoprovod suvi bilan ta’minlangan. Shahar hududidagi 7 ta kommunal vodoprovodlar yagona aylanma tarmoqqa ulangan bo‘lib, u shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Ichimlik suvining yaroqliligi har oyda Sanitariya-epidemologiya markazi tomonidan nazoratga olinib, suv namunalari tahlili bakteriologik, kimyoviy, parazitologik, zaharli kimyoviy, radiologik ko‘rsatkichlarga tekshirilib turiladi. Ichimlik suvining sifati va xavfsizligini nazorat qilishda sanitariya xizmati va “Suvsoz” DUKga qarashli idoraviy laboratoriyalarning nazorati va tekshiruvlari amalga oshirilib kelinmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi O‘z DSt 950-2011 “Ichimlik suvi” “O‘zdavlatstandart” talablariga to‘liq javob beradi.

Oqava suvlarni chiqarib tashlash shahar kanalizatsiya tarmog‘i va kollektorlari orqali amalga oshiriladi. Ular 3 ta mavjud oqova suv tozalash inshootlariga borib tushadi. Oqava suvlarni uzatib berish uchun 27 ta nasos stansiyalari, tozalash uchun 3 ta oqava to‘yintirish inshootlari oqava suvni tozalab, zararsizlantirib, sanitariya me’yorlari darajasiga yetkazgan holda Salar, Bo‘zsuv va Chirchiq daryolariga tashlaydi.

Markazning ovqatlanish gigiyenasi bo‘linmasi mutaxassislari Mahmud Shodiyev va Sevara Mahmudova aholining sanitariya madaniyatini oshirish, ovqatlanish gigiyenasining dolzarb masalalari mavzularida tumandagi soha mutaxassislarining bilim saviyalarini oshirishda seminarlar o‘tkazish, uslubiy yo‘riqnomalar tayyorlash va joylardagi mutaxassislarga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Shuningdek, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklar profilaktikasi”, “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligining oldini olish to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunosti hujjatlar asosida aholi o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak va alimentar kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, dehqon bozorlaridagi vetirinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mutaxassislari bilan hamkorlikda bozorlarga sotishga keltirilgan qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlaridan namunalar olinib, tegishli tahlillardan o‘tkazib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, epidemiologik jihatdan ahamiyatga molik ob’yektlarda, shahardagi sutni qayta ishlash sanoat korxonalarida har oyda laboratoriya usullari asosida monitoring o‘tkazib boriladi. Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi va yod tanqisligining oldini olishda, har chorakda 1-navli mikronutriyentlar bilan boyitilgan un ishlab chiqarish tegirmonlari va yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish korxonalarida monitoringlar olib borilmoqda. Joriy yilda 131 tonna iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyoning savdoga chiqarilishining oldi olindi.

Yana o‘qing:  “SOG‘LOM AVLOD UCHUN” SPORT MUSOBAQALARI

Maqsad aholining sanitariya madaniyatini oshirish, o‘tkir yuqumli ichak va alimentar kasalliklarning, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishdir.

Maryam AHMEDOVA

Reklama huquqlari asosida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: