So‘lim sihatgoh – tanni sog‘, dilni chog‘ etadi

Tan-sihatlik eng katta boylik. Ana shu bebaho boylikni asrab-avaylash, avvalo, har bir insonning o‘ziga bog‘liq. Kishi sog‘ bo‘lsa, oilasida xotirjamlik, ishida unum bo‘ladi. Tananing qay bir bo‘g‘iniga xastalik xuruj qilmasin, beparvolik bilan uning oldi olinmasa besamardir.

So‘lim Toshkentning Yunusobod dahasida joylashgan «Chinobod» sihatgohi ana shunday bahavo maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yerga kelgan ko‘plab bemorlar qo‘li yengil shifokorlar ko‘magida darddan forig‘ bo‘lishmoqda. Dengiz sathidan 470 metr balandlikda joylashgan sihatgohda 1544 metr chuqurlikdan kam minerallashgan, kimyoviy tarkibi bo‘yicha xlorid sulfadli, natriy gidrokarbonatli, 48-50Sharoratdagi ma’danli suv manbaidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur sihatgoh yil davomida ko‘m-ko‘k libosdagi archalar, turli mevali daraxtlar, anvoyi gullar bu yerga keluvchilar salomatligini tiklashga xizmat qiladi.

Sihatgohda asosiy davolash muolajalari tabiiy boyliklardan keng ko‘lamda foydalanish orqali olib boriladi. Jumladan, sihatgoh hududidagi ma’danli suvni ichish va ma’danli vannalar qabul qilish, Jizzax viloyatining «Baliqli» ko‘lidan keltirilgan shifobaxsh balchiqdan foydalanish, «Yod shifo» plazmasi orqali davolash vannalarini qo‘llash kabi muolajalar bemorlarga shifo ulashmoqda. Bundan tashqari parafin va ozokret, yuqori va past chastotali toklar, infraqizil va ultrabinafsha nurlar, davolash fizkulturasi, milklarni chayish, me’da va ichakni yuvish, duodenal drenajlar, uqalash usullari yordamida davolash keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, me’da va 12 barmoqli ichakni tekshiruvchi zamonaviy endoskop, UTT tibbiy uskunasi, EKG apparati, biokimyoviy klinik laboratoriya xonalari mavjud. Laboratoriyadagi immuno-ferment tahlil apparati yordamida me’da va 12 barmoqli ichakdagi yallig‘lanish sabablari, gepatitning V va S turlari hamda qalqonsimon bez gormonlari aniqlanadi.

«Chinobod» sihatgohi boshqaruvi raisi Maxsuda Madaminova ta’kidlaganidek, dam oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida otolaringolog, (quloq, tomoq va burun), stomatolog shifokorlari maslahatxonalari mavjud bo‘lib, terapevt, xirurg, ginekolog kabi mutaxassis, professor va tibbiyot fanlari nomzodlarining ham tibbiy ko‘riklari sihatgohda muntazam tashkil etiladi.

Yiliga 10000-14000 ming nafarga yaqin kishi ushbu bahavo maskanda nafaqat davolanishadi, balki «Mo‘jizalar maydoni» dagi ko‘ngilochar o‘yinlar, xalqimiz sevgan san’atkorlarning konsert dasturlari, shuningdek, Toshkent shahrining turli qadamjolari va muzeylariga uyushtirilgan sayohatlardan ham bahramand bo‘lishadi.

O‘t pufagi yallig‘lanishi sababli bu yerda 14 kunlik muolajalar olmoqdaman, – deydi Qarshi shahri, Parg‘uza qishlog‘idan kelgan bemor Sulton Kenjayev, – Sihatgohda bemorlarni davolanishi va dam olishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Xolida Ochilova, Nigora Turdixodjayeva, Gulchehra Alimuhammedova, Nasim Razzoqov, Ziyoda Abduqahhorova kabi qo‘li yengil shifokorlarning muolajalaridan ko‘pchilik mamnun bo‘lmoqda.

Yana o‘qing:  Qadim o‘tmish merosi

Bugun ushbu sihatgohda dam olib, davolanayotgan kishilarning qay biri bilan suhbatlashmang maskandagi mavjud shart-sharoitlardan mamnunligini izhor etishadi. Bu so‘zlar mazkur sihatgoh jamoasining samarali mehnatidan dalolatdir.

Abduaziz Abutolipov

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: