Onlayn-tanishuv kayfiyat buzilishiga sabab bo‘ladi

AQSHlik tadqiqotchilar 700 nafar qiz va 120 nafar yigitni so‘rovdan o‘tkazdi. Ishtirokchilarning bir qismi tematik ilovalardan foydalandi. Qatnashchilarning barchasi kayfiyat, o‘z tashqi ko‘rinishidan qanchalik mamnunligi, o‘ziga qanday baho berishi to‘g‘risidagi savollarga javob berdi. Bundan tashqari, ulardan o‘z tashqi ko‘rinishi tufayli odamlarning tazyiqiga duch kelgan-kelmagani haqida ham so‘raldi.

To‘plangan ma’lumotlar tahlili onlayn tanishuv ilovalardan foydalanuvchi ishtirokchilar real hayotda tanishuvchilarga nisbatan salbiy his-tuyg‘ularni anchagina ko‘proq boshdan kechirishini ko‘rsatdi. Jinsidan qat’i nazar ilova foydalanuvchilari o‘zlarini tez-tez boshqalar bilan taqqoslab turadi va o‘zi xohlaganidek ko‘rinishga ega emasligini sezadi. Oqibatda ular o‘zlariga past baho beradi, kayfiyati yomonlashadi. Tadqiqotchilar bunga onlayn tanishuvda tashqi ko‘rinish asosiy rol o‘ynashini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Odamlar onlayn tanishuvda do‘stlarni suratlariga qarab tanlaydi yoki rad etadi.

Tadqiqotchilar surat bilan reallik o‘rtasida katta farq borligini unutmaslikni, shuningdek, ilovalardan hayotdagi o‘rnini baholash usuli sifatida foydalanmaslik kerakligini ta’kidlamoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Jigarni “ezuvchi” kundalik 9 ta zararli odat, uni tozalovchi 11 mahsulot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: