Sabzi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sabzi dastlab 4000 yillar avval Janubi-g‘arbiy Osiyoda yetishtirilgan. U paytlardagi sabzi binafsharang va achchiq bo‘lgani uchun odamlar uni o‘tkir hidi va urug‘i uchungina ekishgan. Vaqt o‘tishi bilan sabzining shirinroq va yumshoq o‘zakli navlari kirib kelgan. Milodiy I asrda qizil, XII asrda sariq va oq sabzilar paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda esa uning har xil shakl va rangdagi navlari deyarli barcha mamlakatda yetishtiriladi.
Sabzi xalq tabobatida yurak-qon tomir kasalliklari, kamqonlik, poliartrit va ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Sabzi sharbati avitaminoz (vitaminlar yetishmasligi natijasida ro‘y beradigan kasallik) ni davolashda birinchi vosita hisoblanadi. Bu sabzavot tarkibidagi fitonsid moddalari mikroblarni o‘ldiradi, shuning uchun u shamollash va tomoq bezlarining yallig‘lanishida yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, sabzi ko‘z to‘r pardalarini mustahkamlaydi va uzoqni ko‘rolmaslik, ko‘z toliqishi holatlarida ham foyda beradi. Shuningdek, olimlar xom sabzidan xavfli o‘smalarni davolashda foydalanish mumkinligini aniqlagan.
- Sabzi Yevropa va Osiyo oshxonalarida ayniqsa, muhim mahsulot sanaladi. U shirin ta’mga ega bo‘lgani uchun ko‘plab desertlar uchun ham ishlatilishi mumkin.
- Sabzavot sharbatlari ichida eng ommalashgani – bu sabzi sharbati.
- Sabzini homicha yeyilganda beta-karotin moddasi organizmga bor yo‘g‘i uch foiz o‘zlashadi. Yog‘larni erituvchi vitaminlar organizmga yaxshiroq singishi uchun uni qovurib yoki dimlab pishirib iste’mol qilish kerak.
- Sabzining barcha turi biriktiruvchi to‘qimalar, shakar, efir moyi va oqsilga boy. Shuningdek, uning tarkibida kaliy, kalsiy, fosfor, mis, xrom, rux, ftor va temir yelementlari mavjud.
- Sabzini 20–25 daqiqa qaynatiladi. Uning po‘stini archmasdan turib qaynatgan ma’qul. Shunda vitamin va mikroelementlar ko‘proq saqlanib qoladi.
- Sabzi kaloriyasi – 35 kkal.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.