Qattiq jazolash bolalarning agressivligiga sabab bo‘ladi

Missuri universiteti olimlari qattiq jazolanadigan bolalar 10–11 yoshlarida ko‘proq agressiv bo‘lishini aniqladi. Shu bilan birga, ular yaxshi ishlarni (masalan, boshqalarga yordam berish) kam bajaradi. Jismoniy jazolar bolalarning xarakteriga qattiq ta’sir qilishi mumkin, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Mutaxassislar turli mamlakatlarda yashovchi 960 juft ona-bolalarning ma’lumotlarini tahlil qildi. Bolalarni 1,3 yoshligidan boshlab 10–11 yoshigacha nazorat qilindi.

Bolalikning dastlabki davridagi jazolash bilan agressivlik o‘rtasida bog‘liqlik ko‘rinmadi. Lekin ota-onalarning serjahlligi agressiv fe’l-atvor bilan aloqador deb topildi. Bundan tashqari, olimlar o‘z hissiyotlarini boshqara oladigan bolalarda agressivlik kamroq bo‘lishini aniqladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ona suti – mikroelementlar manbai

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: