Ba’zi fe’l-atvor xususiyatlari insonni yolg‘izlikka duchor qiladi
Psixologlar balog‘atga yetganlar o‘rtasida uchraydigan yolg‘izlik masalasini allaqachon o‘rtaga tashlashgan. Ko‘p odamlar yolg‘izlikda yashash ruhiyat va fiziologiya uchun xavfli deb hisoblaydi. Chikago universiteti xodimlari bu masalaga nuqta qo‘yishga qaror qildi. «Pravda.RU»da aytilishicha, olimlar 11 yil davomida 50-68 yosh o‘rtasida 229 kishini tekshiruvdan o‘tkazdi.
Mutaxassislar agar inson yolg‘iz qolsa o‘zgalar uchun yopiq muhitga tushib qoladi. Yolg‘izlik esa manmanlik hissini kuchaytiradi, oqibatda haqiqiy yolg‘izlik paydo bo‘ladi. Bungacha Harvard universiteti mutaxassislari yolg‘izlik bevosita yurakning sog‘lomligi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan edi.
Muloqot va do‘st yetishmovchiligi mavjud odamlarda qon ivishi ko‘rsatkishlari oshib boradi. Yolg‘izlikning yurakda yuzaga keladigan salbiy ta’siri chekishning zarari bilan tenglashtiriladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.