Plastik qadoqdagi dorilarni xavfsiz deb bo‘lmaydi

Hindistonlik mutaxassislar dori-darmon vositalari qadoqlanadigan qadoqlarning xavfsizligi masalasida bosh qotirmoqda. Zee News gazetasida yozilishicha, ilgari turli mamlakat mutaxassislari plastik qadoqlarning rak kasalini keltirib chiqarish xavfi borligini aytishgan. Bunda gap asosan suv va oziq-ovqat mahsulotlari haqida borgan. Lekin plastik butilkalarda dori mahsulotlari (yo‘talga qarshi siroplar, me’da qaynashi va boshqa kasalliklar uchun dorilar) ham sotiladi.

Shu paytgacha plastik va polietilendan ishlangan qadoq idishlarni shishadan yasalgan idishlarga almashtirishga da’vat qilinayotgan edi. O‘tgan yili hindistonlik mutahassislar yo‘talga qarshi sirop qadoqlangan plastik qadoqlar ichida qo‘rg‘oshin, surma, dietilgeksilftalat, xrom kabi zaxarli moddalar borligini aniqladi.

Mutaxassislar fikricha, tibbiyot mahsulotlari uchun plastik va polietilendan ishlangan qadoqlar, ayniqsa keksalar va bolalar uchun zararli. Shu bilan birga suyuq dorilar tarkibidan ajralib chiqadigan zararli moddalarning tana haroratini ko‘tarib yuborish xavfi ham bor. Lekin hamma mutaxassislar ham bu fikrga qo‘shilganicha yo‘q. Tekshiruv ishlari davom etyapti.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Endemik bo‘qoqning salbiy oqibatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: