QADR mehnatdan topiladi, izzatda ko‘rinadi

O‘sib kelayotgan yosh avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining ham munosib o‘rni borligini xal­qimiz doimo his qiladi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2013 yilning “Obod turmush yili” deb e’lon qilinishi nodavlat-notijorat tashkilotlarining o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini to‘laqonli amalga oshirishda samarali faoliyat yuritishni taqozo etadi.

Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmati xodimlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

– Bu borada bizning tayanch maskanimizda ham bir qator ibratli ishlar amalga oshirilyapti, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Xatirchi tuman tayanch maskani direktori Sayyora opa Jo‘rayeva.

Xususan, tuman tayanch maskani o‘tgan yili “Silni davolasa bo‘ladi” loyihasida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 15 million so‘m grant sohibi bo‘ldi. Bu yil “Ekologiya – bu hayot” loyihasi ustida ish olib borilyapti.

Tayanch maskani rahbari Sayyora opa Jo‘rayevaning tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u 2011 yil Prezidentimiz farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

X.ISLOMOV,

Navoiy viloyati

Yana o‘qing:  Jamiyat barqarorligi – aholi salomatligida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: