Mehr – munosib hadya

Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi eng chekka qishloqlarni ham qamrab olmoqda, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Buxoro viloyati hududiy bo‘limi direktori Muborak Ahmedova.

Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘­lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining viloyat hududiy bo‘limi 2012 yilda va 2013 yil 1-choragi davomida aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, ayniqsa, bolalar va ayollarni, shuningdek, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida bir qator tibbiy, xayriya va madaniy-ma’rifiy, sport yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda.

Buxoro viloyati mintaqaviy filiali orqali 2012-2013 yilning birinchi choragi davomida aholining ijtimoiy qatlamlariga hamda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining doimiy harakatdagi komissiyasining taqsimotiga asosan barcha tuman va shaharlardagi tibbiy muassasalarga ko‘plab dori-darmonlar, tibbiy anjomlar, turli xildagi shpritslar va sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.

“Bolalarni sog‘lomlashtirish” dasturiga muvofiq 2012 yil davomida Germaniyaning “Friyedenzdorf Interneyshnl” xalqaro tashkiloti tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari doirasida tug‘ma lab-tanglay nuqsoni mavjud bo‘lgan 42 nafar nogiron bolalar (4 mln. 920 ming so‘m mablag‘ doirasida) Buxoro Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limida operatsiya qilindi.

Bundan tashqari jamg‘arma ajratilgan grant mablag‘lari hisobiga oyoqning tug‘ma ortopedik nuqsoni bo‘lgan bolalarni ham jarrohlik yo‘li bilan davolashga ko‘maklashmoqda. Yuqoridagi tashxis qo‘yilgan 4 nafar bemor bolalar viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida operatsiya qilindi.

Jamg‘arma va “Fridenzdorf Internyshnl” xalqaro tashkiloti o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq Umidjon To‘rayev, Jasmina Boltaye­va va Jonibek Ibragimov kabi bemor bolalar 2012 yilda Germaniyaga davolanish uchun jo‘natildi va hozirda ular davolanishni davom ettirmoqda.

Buxoro viloyati tibbiy-ijtimoiy patronaj ko‘chma brigadasi tomonidan 2013 yilning 1 choragida 18 ming 241 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga dori-darmon sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.

Jamg‘armaning Buxoro viloyati hududiy bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvatlash Jamoat fondi tomonidan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” nomli loyihani bajarish uchun 13 million so‘mlik davlat granti ajratildi. 7 million 500 ming so‘m grant hisobidan “Vitrum prenatal forte” vitaminlari olinib kamqon homilador va emizikli ayollarga tar­qatildi.

Bolalarni jismoniy va aqliy salohiyatini oshirish, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 356 ta madaniy-ma’rifiy, sport hamda xayriya tadbirlari tashkil etildi. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “OIV va OITS”, “Giyohvandlikning zararli oqibatlari”, “Sog‘lom turmush tarzi” hamda “Reproduktiv salomatlik” kabi mavzularda mutaxassis-shifokorlar tomonidan turli davra suhbatlari o‘tkazildi.

Yana o‘qing:  Yong‘in – xavfli

Gulchehra XAYRULLA qizi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: