Robot 14 soat ichida imorat barpo etdi

AQSHning Massachusets texnologik instituti olimlari uylar qura oladigan “Digital Construction Platform” (DCP) robotlashtirilgan tizimini yaratdilar.

Mazkur tizim mohiyatan gusenitsali asosdagi manipulyator – qo‘lli ulkan richagdir. Manipulyatorni turli asboblar, jumladan, montaj ko‘pigi uchun to‘pponcha, payvandlash qurilmasi, eritilgan plastmassani siqib chiqaruvchi “termoplastik ekstruder”, shprits-to‘pponcha va hattoki, oddiy chelak bilan ham jihozlash mumkin.

3,7 tonnalik qurilmani yaratish uchun 250 ming dollar sarflandi. Robotning original shassisi dizel dvigatel bilan ta’minlangan. Biroq olimlar qurilmani o‘zini ta’minlay oladigan qilish uchun quyosh batareyalari va elektroprivodni quvvat bilan ta’minlovchi akkumulyator bloklari bilan jihozlashdi. Qurilmaning ishlashini isbotlash maqsadida olimlar bazaviy strukturani qurish prototipidan foydalanishdi. Bu prototip diametri 15,2 metr va balandligi 3,7 metrga teng gumbaz shaklidagi devordan iborat. Prototipni barpo etish uchun robotga 14 soat talab qilindi.

Olimlarning aytishicha, robot yordamida uylarni arzonroq va tezroq qurish mumkin. Bunda binoning ichki tuzilishi istalgan vaqtda o‘zgartirilishi, qurish jarayonida qo‘llanilayotgan materiallar, ularning zichligi, izolyasiya va boshqa xususiyatlarni o‘zgartirish mumkin.

 

S. OCHILOV

Yana o‘qing:  Kichkintoy qalbida kitobga bo‘lgan muhabbatni qanday uyg‘otish mumkin?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: