Hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari maoshi aholi bandligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev qarori bilan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

1 iyuldan boshlab joylardagi rahbarlarni moddiy rag‘batlantirish va ularning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishning prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlariga aholi bandligi o‘sishining tasdiqlangan har chorak prognoz ko‘rsatkichlarini bajarganligi yoki bajarmaganligi uchun lavozim maoshining 15 foizi miqdorida mos ravishda mukofot beriladi yoki jarima solinadi.

Aholi bandligi o‘sishining mezoni sifatida aholini davlat ijtimoiy sug‘urta hamda mehnat va pensiya qonunchiligi tizimlari bilan qamrab olingan doimiy, barqaror ishga joylashtirilishi belgilangan.

Yana o‘qing:  Biometrik pasportning tayyor bo‘lish muddati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi xizmat ishga tushdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: