Yoshlar – millatning ertasi

Farzand – ota-ona umidi, yurt kelajagi vorisi. Uning ma’nan va jismonan yetuk bo‘lib voyaga yetishi, sog‘lom fikrlaydigan shaxs bo‘lib shakllanishi uchun alohida e’tibor hamda yondashuv zarur. Ushbu hayotiy haqiqat bugun yurtimiz miqyosida onalar va bolalar salomatligini asrashga qaratilgan izchil islohatlar amalga oshirilayotganligi misolida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi chora-tadbirlar tufayli fertil yoshidagi ayollar va go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq noxush holatlarning kamayishiga erishilganining o‘ziyoq fikrimiz tasdig‘i bo‘la oladi. Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish, xalqimiz genofondini sog‘lom­lash­ti­rish hamisha g‘amxo‘r hukumatimiz va ­Prezidentimizning diqqat – e’tiborida. Davlatimiz rahbarining 2009 yil 1 iyuldagi “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risidagi”gi Qarori bu boradagi amaliy ishlarning yanada keng ko‘lam kasb etishini ta’minladi.

Bugun mazkur huquqiy hujjatda belgilangan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator ibratli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” tamoyilini hayotga tatbiq etishda davlat va jamoat tashkilotlari, tibbiyot hamda ta’lim maskanlarining uzviy hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Fertil yoshidagi ayollar, o‘smir qizlar va bolalar, shuningdek keksa yoshli aholini sog‘lomlashtirishga doir “Salomatlik haftaliklari” joylarda muntazam o‘tkazilayotganligi ham buning yorqin dalilidir. Ta’lim muassasalarida yoshlarni sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha tibbiy savodxonligini oshirish va oilaviy hayotga tayyor­lashga doir keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Yana ularga yuksak ma’naviyatni shakllantirish, reproduktiv salomatlikni asrash, kashandalik va giyohvandlik singari illatlarning salbiy oqibatlari xususida atroflicha tushuntirishlar berib borilayotgani diqqatga sazovor. Zero, bu kabi ezgu sa’y-harakatlar buyuk kelajagimiz tayanchi bo‘lmish yosh avlodning har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga egadir.

Nafisa HASANOVA

Yana o‘qing:  Oilaga tirgak bo‘lgan mustahkam ustun

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: