Rossiyalik olimlar ruhiy xastaliklarni qatiq yordamida davolash usulini o‘ylab topdi

Rossiyalik olimlar gazlarning miya faoliyatidagi roli bo‘yicha tadqiqotlar natijasida asab tizimi kasalliklarini davolashga yangicha yondashuv usulini aniqladi, deb yozadi “Interfaks”.

Tadqiqotga ko‘ra, bemorga hapdori o‘rniga organizm uchun muhim bo‘lgan gaz ishlab chiqaruvchi zarur foydali bakteriyalar bilan boyitilgan qatiq (yogurt)ni buyurish mumkin bo‘ladi.

Aniqlanishicha, gazsimon moddalar asab hujayralari o‘rtasida impulslar ko‘chib yurishida ishtirok etadi. Bunday gazlarni – gaz transmitterlarini – nafaqat odam to‘qimalari, balki oshqozon-ichak yo‘lida yashaydigan turli mikroorganizmlar ham ishlab chiqaradi. Gazlar organlarda va to‘qimalarda to‘planadi, ularning konsentratsiyasini esa bir vaqtning o‘zida organizmning bir nechta tizimlari, jumladan, miya va immun tizimi nazorat qiladi.

Tadqiqotdan olingan muhim xulosa shundan iboratki, u yoki bu gazning tanqisligi yoki ortiqchaligi turli neyrofiziologik va ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Tajribada qo‘llanilgan sichqonlar azot oksidi yetishmaganida uzoq depressiyaga tushib qoldi, Daun sindromidan azob chekuvchi kishilarda esa vodorod sulfid ishlab chiqaurvchi fermentlar faolligi oshdi.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Tibbiy yordam takomillashmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: