Kitob – ulkan mo‘jiza

Ma’lumki, kitoblarni ularning mavzusi va ahamiyatiga qarab mutolaa qilamiz. Badiiy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy kitoblar o‘sib kelayotgan yosh avlod, qolaversa, har bir kitobxonning bilim saviyasini oshirib, tafakkurini rivojlantiradi, fikr doirasini kengaytiradi va unga ruhiy ozuqa beradi. Xalqimizda “Ilmli o‘zar, ilmsiz to‘zar”, degan naql bejiz aytilmagan.

Umumta’lim maktabimizda tashkil etilgan Axborot-resurs markazi xodimlari ham ona Vatanimiz uchun komil insonlarni tarbiyalash, farzandlarimiz qalbida yurtga bo‘lgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy mafkura va g‘oyani ular ongiga singdirib borish masalasiga jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Ta’lim maskanimizda “Kitob yog‘dusi hamisha yo‘limizni yoritib tursin”, “Badiiy adabiyotlar – milliy g‘oya jarchisi”, “Kamolot” YOIH va yoshlar” kabi mavzularda suhbat va ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.

Shunisi quvonarliki, maktabda muntazam kitob yarmarkalari, yangi adabiyotlar savdosi tashkil etilmoqda. Qolaversa, “Maktab – mahalla – jamoat tashkilotlari” xayriya tadbirlari tashkil etilib, maktab kutubxonasi fondi boyitib borilmoqda. Shuningdek, ulug‘ shoir va yozuvchilarning tug‘ilgan sanalari oldidan mahalliy ijodkorlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi, har oyda bir marta eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar rag‘batlantirilib borilyapti. Bugunga qadar Malika Tursunboyeva, Hojiakbar Abdurahimov, Elbek Xolmatov kabi o‘quvchilarimiz shahar va viloyat kitobxonlar ko‘rik-tanlovlarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashdi. Bunda kutubxona mudirasi, “Yil kutubxonachisi – 2014” respublika tanlovi ishtirokchisi Hulkar Murodovaning xizmatlari katta.

Kitob – ulkan mo‘jiza. Shunday ekan unga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni doimo oshirib bormog‘imiz zarur. Kelgusida o‘quvchi-yoshlar qaysi kasb-hunarni egallashmasin badiiy kitoblarni muntazam mutolaa qilib bormog‘i lozim.

 

Sevara ERGASHEVA,

Jizzax shahridagi 22-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

 

Yana o‘qing:  Bolalar quvonchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: