Meva va sabzavotlar umrni uzaytiradi
Londonning Imperiya kolleji tadqiqotchilari kun davomida 800 grammgacha meva va sabzavot tanovul qilish umrni uzaytiradi, deya ta’kidlashmoqda.
Olimlar 22 million kishi ratsionini tekshirish orqali shunday qarorga kelishdi.
Ularning fikricha, kun davomida 80 grammdan 10 hissa meva va sabzavot iste’mol qilish yil davomida o‘lim xavfini qisqarishiga sabab bo‘ladi. 200 gramm meva-sabzavotlarni kun davomida yeyish erta o‘lim xavfini 15 foizga, yurak-qon tomir tizimi xastaliklarini 13 foizga, saraton kasalligini 4 foizga kamaytiradi.
Xurshida HUSENOVA