Kalsiy erta qarishning oldini oladi

Odamning yoshi o‘tib borgani sari organizmda kalsiy miqdori kamayib boradi. Ayniqsa, qirqdan oshgandan so‘ng qon tomir devorlarida va tog‘aylarda tuz to‘planishi kuchayadi. Bunday holatda tog‘aylar o‘z egiluvchanligini yo‘qotadi.

Bo‘g‘imlarda og‘riqlar odamni bezovta qila boshlaydi. Kalsiy suyakning tuzilishida asosiy unsur hisoblanadi. Bu modda suyakda ko‘proq to‘planadi. Uning qolgan qismi esa qon va to‘qimalar tarkibida hamda ionlar holida oqsillarga birikkan bo‘ladi. Tuz tananing boshqa a’zolarida ham to‘planishi mumkin. Lekin uning markaziy qon tomirlar, yurak, miya, aorta, buyrakda to‘planishi hayot uchun juda xavflidir. Bunday paytda go‘shtni kamroq, sut, tuxum, turli yorma donli, ayniqsa, S vitaminiga boy ne’matlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak. S vitamini arteriya devorlarini yumshatadi. U ayniqsa, karam, kartoshka, ko‘k piyoz, pomidor, qizil qalampir, qora smorodina (qorag‘at), qulupnay, shovul, apelsin, limonda ko‘p bo‘ladi. Xom kartoshka sharbatini ichish skleroz kasaliga duchor bo‘lishning oldini oladi. Shuningdek, ko‘proq karam, tarkibida yod bo‘lgan ozuqalar, V vitaminiga boy bo‘lgan no‘xat, g‘alla va hayvonning jigar, buyrak va yuragini tanovul qilish foydalidir.

Kalsiy yurak, buyrak ishini yaxshilash bilan birga qon to‘qimalari, hujayralar hamda gormonlarni ajratuvchi endokrin bezlar uchun ham juda zarur.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tib, qondagi kalsiy miqdorini aniqlash zarur. So‘ngra shifokor tavsiyasiga asosan 0,2 kalsiyning suvdagi eritmasidan ichib turish kerak.

Agar kalsiy yetishmasa, ichki sekretsiya bezlari to‘g‘ri ishlamaydi va organizmda vaqtidan oldin qarish boshlanadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kasallik paytida kalsiy juda ko‘p sarf bo‘ladi. Yo‘qotilgan kalsiyning o‘rnini sun’iy ravishda to‘ldirish lozim. Kalsiy moddasi sut va sut mahsulotlari, tuxum sarig‘i, sholg‘om, rangli karam, bodom, xom sabzavot va mevalarda, shuningdek, zaytunda ko‘p bo‘ladi.

 

Shoira ALIMUHAMMEDOVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Bolangiz sariq (gepatit) kasalligiga chalindimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: