Xushovoz Sarvinoz

San’at inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qadimdan ma’lum.

Tibbiyot ilmining asoschisi, buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ham o‘zining “Tib qonunlari” kitobida asab, parishonxotirlik xastaligiga chalingan bemorlarni musiqa vositasida samarali davolash mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.

Shuningdek, mumtoz adabiyotimiz asoschisi Alisher Navoiy o‘zining o‘lmas asarlarida ba’zi kasalliklarni davolashda musiqaning beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritgan.

Mamlakatimizda yoshlarning bu sohada erkin ijod qilishlari, o‘z iste’dodlarini to‘la namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Natijada farzandlarimiz orasidan yangi-yangi nomlar yetishib chiqmoqda.

San’atga bo‘lgan havas Sarvinoz Jo‘rayevaga ota-bobolaridan o‘tgan bo‘lsa, ajab emas. Dadasi Nodir akaning aytishicha, Sarvinozning bobosi o‘z davrida dutorni maromiga yetkazib chalgan ekan. U ham ajdodlari izidan borib, san’atkor bo‘lishga qaror qildi. Dastlab Sarvinoz Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida ta’lim oldi. Ayni paytda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqichida tahsil olish bilan birga, san’atning estrada yo‘nalishida ijod qilib kelmoqda. Yosh iste’dod sohibasi ta’lim jarayonida malakali ustozlar qo‘l ostida musiqa sir-asrorlarini o‘rgandi.

– Bu yutuqlarga erishishimda avvalo, ustozim Dilorom Omonullayevaning mehnatlari katta, – deydi Sarvinoz Jo‘rayeva. – Buning uchun bu fidoyi insondan doimo minnatdorman.

Biz unga kelajakda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

 

Ch. XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Mastopatiya: bu dardga e’tiborsizlik ko‘krak saratonini keltirib chiqaradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: