Bepul dori-darmonlar tarqatildi

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida 14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Birgalikda kuchlimiz – hamjihatlikda kurashaylik” shiori ostida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyat hududiy filiali tomonidan o‘tkazilgan tadbirda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, endokrinologiya dispanseri mutaxassislari, bolalar va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbir doirasida viloyat endokrinologiya dispanserida 1-tur qandli diabet kasalligi bilan nazoratda turgan 40 nafar bemor bolaga vitaminlar, tibbiy sanitariya-gigiyena vositalari, tarkibida fruktoza saqlovchi shirinliklar va dori-darmonlar tarqatildi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Katta sport shodiyonasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: