DUNYo HAMJAMIYATI NIGOHIDA

A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida “O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida maxsus kurs tashkil etildi.

Ushbu kursni tashkil etishdan maqsad dunyo hamjamiyati tomonidan kadrlar tayyorlashning o‘zbek milliy modeli deb e’tirof etilgan mazkur modelni joriy etilishi natijasida erishilgan yutuqlar haqidagi tahliliy ma’lumotlarni xalq ta’limi tizimi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari pedagog xodimlariga va ular orqali keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Shuningdek, hayotda o‘z fikriga ega, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan barkamol avlodni shakllantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini rivojlantirish yo‘nalishlari haqida zarur bilimlarni berishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarining rektorlari, prorektorlari, kafedra mudirlari va tegishli yo‘nalishda dars beruvchi professor-o‘qituvchilari tinglovchi sifatida ishtirok etgan kurs mashg‘ulotlari g‘oyatda qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

“O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi maxsus kurs xalq ta’limi tizimidagi hududiy malaka oshirish institutlari tomonidan joylarda ham tashkil etilishi va ularda barcha umumta’lim maktablari rahbar va pedagog xodimlarini o‘qitilishi rejalashtirilgan.

M.QUTLIYEVA

Yana o‘qing:  “...OLAM YUZIN OBOD QIL”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: