Mavsumiy xavfli kasalliklar

Leyshmaniozlar tabiat bilan bog‘liq transmissiv (chivinlar orqali yuquvchi) kasalliklardir. Bu xastalikning ikki xil turi uchraydi.

Teri va visseral leyshmaniozdan saqlaning

Visseral leyshmaniozda ichki a’zolar, teri leyshmaniozida esa teri va shilliq pardalar zararlanadi. Ushbu kasalliklarni chivinlar chaqishi natijasida odamga yuqqan leyshmaniyalar keltirib chiqaradi.

Kasallikning manbalari veterinar ko‘rigidan o‘tmagan daydi itlar, barcha turdagi kemiruvchilar va yovvoyi hayvonlardir.

Chivinlar qum va uy kalamushlari, sichqonlar, tipratikan, toshbaqa, jayra, tulki, qashqir, bo‘rilar tanasida ko‘payadi. Aholi yashash joylarida chiqindi, axlat uyumlari, go‘ngxonalar, xaroba binolarga ular tuxum qo‘yadi. Bir mavsumda (apreldan noyabrgacha) ular o‘zlaridan ikki martagacha nasl qoldiradi. Kemiruvchilar va yovvoyi hayvonlarning qonini so‘rib, oziqlanadi va ularning inida tuxum qo‘yib, ko‘payadi. Agar ushbu hayvonlar leyshmaniozlar bilan kasallangan bo‘lsa, ularning qoni bilan leyshmaniyalar iskabtopar tanasiga o‘tadi. Chivinlar chaqqanda leyshmaniyalar odamlarga yuqadi. Shuningdek, ushbu hasharot chaqishi natijasida inson leyshmaniozning ikkala turini ham yuqtirib olishi mumkin.

Teri leyshmaniozi cho‘l, dasht hududlariga yaqin aholi yashash joylarida ko‘p uchraydi. Leyshmaniya bilan zararlangan chivin chaqqandan so‘ng odamning badanini ochiq qismlarida – yuzi, burni, qo‘l va panjalarida furunkulsimon katta-kichik, uzoq vaqt bitmaydigan (bir yilgacha) yaralar paydo bo‘ladi. Yaralar soni bittadan o‘ntagacha bo‘lib, ular bemorga kuchli og‘riq beradi. Yaralar qo‘l-oyoqlarni bo‘g‘im qismlarida joylashgan bo‘lsa, harakatlarni chegaralab qo‘yadi. Yara bitgach, o‘rnida xunuk asorat – chuqur chandiq izi qoladi. Ammo bu kasallikka qarshi immunitet umrbod saqlanadi. Kasallikni eng ko‘p uchrashi iyul-sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi.

Visseral leyshmanioz bilan kasallangan itlar ozg‘in, ularning tuki to‘kilgan, orqa oyoqlari shol bo‘ladi. Eng asosiysi, tumshug‘i, quloqlari, ko‘z atrofidagi tuklar va kipriklari hamda panjalari oqaradi. Bunday itlarni veterinar ko‘rigidan o‘tkazish kerak. Leyshmaniozlarning tabiiy o‘choqlarida hayvonlar orasida epidemiya ro‘y berishi mumkin.

Kasallikning oldini olish uchun kemiruvchilarga qarshi kurashi lozim. Ya’ni, chivinlarga qarshi kemiruvchi va yovvoyi hayvonlar inlarini zaharli moddalar bilan zararsizlantirish zarur. Aholi yashash joylarida bu hasharotlar ko‘payadigan chiqindi uyumlari, axlat qutilari, yaroqsiz xaroba binolar, itlarning inlari, kir o‘ralari maxsus zararli dori vositalari bilan dezinfeksiya qilinishi lozim.

Yana o‘qing:  RULDAMISIZ? DORI ICHMANG!

Chivinlardan himoyalanish uchun odamlar terisiga surtiladigan repellent suyuqliklar va kremlar ishlatiladi. Bundan tashqari, pashshaxonalardan foydalanish, eshik va derazalarga to‘rlar tutish kerak.

Eng zarur tadbirlardan biri aholi yashash joylarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishdir. Hovli va ko‘chalar ozodaligiga alohida e’tibor qaratish zarur. Egasiz itlarni har bir tumanda mavjud bo‘lgan obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli daydi itlarni ovlaydigan mutasaddi tashkilot mutaxassislariga murojaat etib, ularni yo‘q qilish darkor. Agar bemorda kasallik belgilari namoyon bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish shart.

 

Z. QODIROVA,

Toshkent viloyat DSENM Parazitologiya bo‘limi mudiri,

Sh. NURMAMATOV,

entomolog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: