Xayrlashuv bayrami
Bola kulsa, dunyo kuladi. Zotan, bolalarimizning baxtiyor chehrasida yurtimizning porloq kelajagi, farovon turmushimiz aks etadi.
Kuni kecha poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 84-maktabgacha ta’lim muassasasida tayyorlov guruhlarining xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Aytish joizki, bu yil ushbu maskanda 70 nafar jajji o‘g‘il-qiz “Bolajon” tayanch dasturi asosida tarbiya oldi. Endilikda ular ilm olish uchun maktabga qadam qo‘yishadi.
Bayramda bolajonlarning tarbiyachi ustozlari ko‘magida tayyorlagan she’r, raqs, kuy va qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlari barchada iliq taassurot uyg‘otdi.
Mayna HASANOVA