NOROZILIKNI YASHIRISH SOG‘LIQ UCHUN XATARLI

Yangi Janubiy Uels unversitetida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra muzokaralar payti tomonlarda o‘zaro kelishmovchilik paydo bo‘lib, norozi tomon salbiy his-tuyg‘usini oshkor etmay, ichiga yutsa bu sog‘liq uchun ulkan xatarni keltirib chiqarar ekan.

Eng avvalo, bu insonning ruhiy barqarorligini izdan chiqarib, aqlini “o‘tmaslashtirib” qo‘yar ekan. Odam diqqat-e’tiborini jamlab, to‘g‘ri fikr yuritolmaydi. Bu xuddi “jahl chiqsa, aql ketadi” degan o‘zbek xalq maqolining amaldagi isbotiday.

Ushbu tadqiqotlarda 204 nafar talaba ishtirok etdi. Ko‘ngillilar 20 daqiqa davomida onlayn-muloqat olib borishdi. Tadqiqotchilar muloqot(muzokara)ga aloqador shaxsdan qarama-qarshi tarafning asabiga tegadigan ziddiyatli fikr bildirishni so‘rashadi. Bundan maqsad ko‘ngillilarga g‘azab qanday ta’sir ko‘rsatishni aniqlash edi. “G‘arazli maqsad”da harakat qilgan tadqiqot ishtirokchisi raqib tomonga turli ayblarni to‘nkab, ularga “past baho” berdi. Jahlni jilovlash ishtirokchilarning aqliy salohiyatini pasaytirmagan bo‘lsa ham, har holda ularning fikrini jamlashiga xalaqit berib, diqqat-e’tiborini chalg‘itdi. Muzokaralarga aloqasi bo‘lmagan vaziyatdagi g‘azab, aynan muloqot jarayonida yuzaga kelgan qaltis vaziyatdagi qahru g‘azabday kuchli ta’sir etmas ekan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, salbiy his-tuyg‘uning paydo bo‘lishi uning qanday manbaga asoslanganiga bog‘liq ekan. Shuning uchun muzokara ishtirokchilari muloqot paytida qachon “to‘nini teskari kiyib” va yana shunday vaziyatlarda o‘zlarini qanday tutishni ham bilishlari kerak.

FARHODBEK

Yana o‘qing:  ShIFOKORLAR UCHUN MAXSUS SOAT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: