ELYeKTRON ENAGA

So‘nggi yillarda yuqori texnologiya nafaqat kundalik hayotimizga qulayliklar tuhfa etmoqda, balki bolajonlarni ham quvontirmoqda. Bolajonlar tafakkurini rivojlantirishga, ularga saboq berishga ko‘maklashuvchi kompyuter o‘yinchoqlar shular jumlasidandir.

Isroilning «Sparkup» kompaniyasi yaratgan yangi qurilma farzandiga ko‘p vaqt ajrata olmaydigan ota-onalar uchun ancha yengillik yaratadi. Bu uskunani elektron enaga deyish ham mumkin. Ixtironing o‘ziga xosligi shundaki, mazkur qiziqarli o‘yinchoq oddiy kitobga o‘rnatilib, qurilma yordamida uning mazmuni ovozli qilib beriladi.

Yangi uskunada sahifadagi matnni anglab olish xususiyati mavjud. Aytish joizki, uskunani ishlatishdan oldin ota-onalar uskunaga she’r va ertaklarni o‘qib berishlari lozim. Endilikda, bunday ovoragarchilikka hojat ham yo‘q. Zero, mazkur kompaniya o‘z kashfiyot doirasini kengaytirgan holda uskuna bilan birga unga o‘rnatiladigan va audiofaylga ega kitoblarni ham sotuvga chiqardi.

Ushbu kashfiyot isroillik onalar orasida ommalashib ketdi. Bu ixtiro zamonaviy texnologiya hamda qadimiy an’analarning uyg‘unlashuvidir. Bolajonlar endilikda nafaqat rangli bo‘yoqlar bilan bezatilgan kitoblar, balki uning mazmun-mohiyati haqida ham xabardor bo‘lishadi.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Smartfon uchun cho‘ntak printeri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: