BAKTERIYALAR koni
Dunyoda eng bakteriyalarga kon joy – qo‘llar hisoblanadi. Xorij matbuoti xabarlariga ko‘ra transport, eshik tutqichlari, hojatxonalar, eskalator, park va savdo shahobchalaridagi skameykalarda ham odamning iflos qo‘llarida yashaydigan 10 mln.dan ziyod bakteriyalardan kamroq darajada mikroblar uchrar ekan. Buncha bakteriyalar inson qo‘liga qayerdan keldi deysizmi?
Albatta, nopok joylarni ushlash va ayniqsa, pul sanagandan keyin yoki kim bilandir qo‘llashib so‘rashgandan so‘ng qo‘llarni albatta sovunlab yuvish darkor. Kimningdir qo‘li terlaydi. Bu ham zamburug‘li bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Pullar esa turli xil odamlar (ularning ichida shaxsiy gigiyenaga amal qilmaydiganlari ham uchraydi) qo‘lidan o‘tadi. Shu sababli o‘z salomatligingizni asrash uchun doimo hushyor, ozoda va pok yurishingizni tavsiya etamiz.
Gulchehra ShIRINOVA