QALBI quyosh bilan SIRDOSH

Qo‘llari mehnatdan qavargan, yuziga hayot quvonchu-dardlar xaritasini chizgan momomga boqib, yillarning yaxshi-yomon soyasini ko‘raman. Urushning sovuq hidi kelib turganda, balog‘atga yetmasdan kattalar bilan yelkama-yelka mehnat qilib o‘rgangan o‘sha paytdagi yoshgina qiz bugungi kunda to‘qson olti yoshni qarshilagan.

Aslida xonadonimizdagi to‘kin-sochinlik, qut-barakaning mo‘lligiga sabab shu momomning duolari emasmikan, deb o‘ylab qolaman.

Ba’zan tadbirkorligimiz-u, tajribamizni, toparman-tutarmanligimizni ro‘kach qilib, olgan mashina-yu, zamonaviy uylarimizni ko‘rsatamiz.

Bugungi kunimiz momomning urush va ocharchilik vaqtida kecha-yu kunduz bir burda qora nonni so‘rab qilgan iltijolari oldida to‘kin bir bozorni eslatadi.

Aytishlaricha, yillarning zalvorli yuki ham momomning irodasini buka olmabdi.

Yillar o‘tsa-da o‘zgarmagan ushbu irodani o‘zimizda jamuljam etishga kuchimiz yetmay qoladi.

Birovning aybini yuziga aytish, orqasidan ig‘vo qilmaslik, yolg‘on gapirmaslik, ozodalik, tartibli ovqatlanish hozirgi kunda nevara va evaralarga ham o‘rgatib kelinayotgan qoidalardir. Nevara va evaralarga yod bo‘lib ketgan momomning iboralari kundalik turmushda ishlatib turiladi:

Tekin ishlasang ishla, och ishlama;

Dushmanga xor-zor etma;

Ana shunday qalbi quyosh bilan sirdosh momom bugun yuz bilan yuzlashay deb turishiga qaramasdan, ko‘zoynaksiz nevara va evaralarining to‘ylariga atab ko‘rpacha va ko‘rpalar tikish bilan band. Shunday xazinalarimizni ko‘z qorachig‘imizday asrab, yosh avlodni mukammal tarbiyalab, sog‘lom voyaga yetkazishda ulardan andoza olaylik.

Rayxon IBRAGIMOVA,

Shayxontohur tumani

Яна ўқинг:  Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2014/37)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: