Kulgu-shifo (2014/35-36)
– Oyijon, mana bu likopchaga kesib qo‘yilgan katta tort bo‘lagi kimniki?
– Seniki-da, bolajonim!
– Voy, namuncha kichkina?!
* * *
Bolalar baliq ovida :
– Qarasang-chi, qarmog‘ingda chuvalchang yo‘q-ku?
– Qo‘yaver, birorta qorni to‘q baliq ilinib qolar…
* * *
– Hoy, bola, akvariumdagi suvni almashtir, deganim qachon edi?
– Hali hammasini ichib bo‘lishmadi-ku, oyijon?!