Bola baribir bola-da…

Motsartning butun bolaligi turli tadbirlardagi chiqishlar va musiqa mashg‘ulotlari bilan o‘tgan. Yosh iste’dod sohibi Yevropaning turli burchaklarida tashkil etilgan kontsertlarda muxlislarni hayratga solib yuradi: otasi Motsartning ko‘zini ro‘molcha bilan yopib qo‘yar, u ana shu holatda kuy ijro etardi. Hatto cholg‘u asbobining klaviatura-tugmalarini ham ro‘molcha bilan yopib qo‘yishar, shunda ham bolakay o‘z ishini uddalay olardi.

Kontsertlarning birida sahnaga to‘satdan mushuk chiqib keladi. Yosh Motsart kuy chalishni to‘xtatib, mushuk tomon yugurib ketadi. Hamma narsani unutib, mushuk bilan ovora bo‘ladi. Otasining asabiy baqirig‘iga javoban esa shunday deydi:

– Klavesin (fortepyanoga o‘xshash qadimiy cholg‘u asbobi) hech qayoqqa ketmaydi, lekin mushuk ketib qolsa nima qilaman?!

Orif TOLIB tayyorladi.

Yana o‘qing:  MA’RIFATGA INTILISH xalqimizning azaliy odatlaridan biridir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: