Ruhiyat va iroda mashg‘uloti

Farg‘ona viloyatining olis qishlog‘idan chempion chiqqanmish.

Yo‘g‘-e?!

Yana bir emas, o‘n nafardan ziyod.

Qarang-a?!

Ha, hayratlanib o‘tirguncha bolangizni sportga qo‘ying.

Avtobusda ikki hamsuhbatning gaplari diqqatimni tortdi. Qiziqishimni oshirdi. O‘sha qishloqni, chempion yoshlarni bilgim, ular bilan tanishgim keldi.

Istiqlol yillarida yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalash ustuvor vazifaga aylandi. Ayniqsa, yoshlarni sportga jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bugun o‘z samarasini berayotir. Yurtimizning olis manzillarida qad rostlayotgan sport inshootlarida jonajon O‘zbekistonimiz nomini dunyoga tarannum etayotgan yoshlar o‘zining jismoniy va ruhiy salohiyatini oshirmoqda. Quvonarlisi, tashabbus yoshlarning o‘zidan chiqmoqda. Ular o‘zlari anglagan holda sportga mehr qo‘ymoqda. Ana shunday izlanuvchan sportchilardan biri oltiariq tumani Eski Arab qishlog‘ida yashovchi Xonzodabegim A’zamovadir. U sportning penchak-silat hamda kik-boksing turlari bo‘yicha bir necha bor Respublika va xalqaro turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, g‘olib va sovrindorlar qatoridan munosib o‘rin egallagan.

– Sport nafaqat tanni, balki ruhni ham toblaydi, irodani mustahkamlaydi, – deydi Xonzodabegim. – Oilada shunday tarbiya olganmiz. Bizga ota-onam shunday o‘rgatgan. Men ham akam Shohruhbekka qo‘shilib, qishlog‘imizdagi kik-boksing sport turiga qatnay boshlaganman. Natija esa yomon emas. Ayni paytda sportning Penchak-silat va Kik-boksing turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqdaman. O‘z ustimda tinmay ishlab, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘ldim. Ko‘plab respublika chempionatlarida, turnirlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim.

2013-yili O‘zbekiston chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medaliga sazovor bo‘ldim. O‘zbekiston ochiq birinchiligida birinchi o‘rinni egalladim. Respublika yoshlar turnirida ham shohsupaning eng yuqorisiga ko‘tarildim. Bu muvaffaqiyatlarim zamirida yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar yotibdi. Qishlog‘imizdan penchak-silat bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda umumjamoa hisobida o‘ndan ziyod oltin medalni qo‘lga kiritgan tengdoshlarimning borligi menga kuch beradi. Yangi-yangi marralarni zabt etishimga turtki bo‘ladi.

Xonzodabegim A’zamova 2012 yil penchak-silat bo‘yichaTailandda bo‘lib o‘tganJahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan bo‘lsa, o‘tgan yilning sentyabr oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan”OPEN Uzbekistan – 2013” xalqaro turnirida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2013– yilda O‘zbekiston “Penchak-silat” federatsiyasi tomonidan”Hakamlar va murabbiylarni tayyorlash” Respublika seminarida qatnashib, mahsussertifikatni qo‘lga kiritgan. Hozirda murabbiylik faoliyatini boshlash arafasida.

Яна ўқинг:  ПАРВОЗ ЗАВҚИ ВА МАШАҚҚАТЛАРИ

Shu yili Samarqandda o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida”Ganda” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinniegallab kubokni qo‘lga kiritganbo‘lsa,”Tanding” yo‘nalishi bo‘yichaesa sovrindorlar qatoridan joy oldi.

2014-yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar qatoridan o‘rin egalladi.

– Omad doim kuchlilarga kulib boqadi, – deydi chempion qiz. – Buning uchun esa mashg‘ulotlarni kanda qilmaslik lozim. Shuningdek, o‘qib, bilim saviyasini ham oshirish kerak. Men ham musobaqalarga tayyorlanish bilan birga O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjatlarimni topshirdim. Kelajakda sport jurnalisti bo‘lish niyatim bor.

Darhaqiqat, Xonzodabegim A’zamova nafaqat sport balki, birga publitsistika va badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi. Uning she’riy kitoblari chop etilgan. Yuzdan ziyod maqolalari respublika va mahalliy matbuotda e’lon qilingan. Bir necha madaniy va ma’rifiy tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. Beixtiyor o‘ylab qolasan: endigina o‘n to‘qqiz yoshni qarshilayotgan qiz bunday muvaffaqiyatlarga qanday ulgurayapti? Ha, bugungi yoshlar orasida bizni hayratga soladiganlari ko‘p. Boisi ular istiqlol bolalari. Izlanuvchan, kurashuvchan, eng muhimi esa Vatanparvardir.

Bahodir HALIMOV

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: