TIL – MILLAT KO‘ZGUSI

Poytaxtimizning Hamza tumanidagi 307-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida “Til – millat ko‘zgusi” mavzuida rusiyzabon sinflar o‘rtasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi bosh mutaxassisi Olloyor Bobonov, “Gulxan” jurnali bo‘lim muharriri Muhabbat Hamidova, “G‘uncha” jurnali muxbiri Dilfuza Kamoljonova, ona tili va adabiyot, xorijiy tillar fani o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Sultonposhsha Eshmanova rahbarligidagi “Nihol” to‘garagining rusiyzabon o‘quvchilari hamda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Turg‘unoy Hakimova rahbarligidagi to‘garak a’zolari Navoiy g‘azallarini ifodali ijro etishdi.

Olloyor Bobonov o‘quvchilarga o‘zbek tilining boyligi, uni to‘g‘ri qo‘llash, yozma nutqda imloviy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va lotin grafikasida harflarni to‘g‘ri yozishda o‘quvchilar yanada e’tiborli bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Sohibjamol ABDURAIMOVA

Yana o‘qing:  DEMOKRATIYa VA ADOLAT KAFOLATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: