Umr yo‘lin yoritguvchi ezgulik

– Ikki norasida nabiralarim taqdir taqazosiga ko‘ra qo‘llari nuqsonli bo‘lib tug‘ilishgandi, – deydi bir tadbirda o‘zini Saida deb tanishtirgan ayol. Yonida turgan 12 va 6 yoshli ikki qizaloqqa ishora qilib. – Marjonaginam bir qo‘lini ko‘ksigacha ko‘tara olmas, Ziyodamning ham chap qo‘lida qusuri bor. Shukr, Jamila opaning ko‘magi bilan qizlarim bu nuqsondan butkul holi bo‘lishdi.

– Jamila opa? Yuz ifodamdagi qiziqishni ko‘rgan ayol sal nariroqda qizlar bilan suhbatlashayotgan nozikkina, serharakat ayolga ishora qilib,

– Jamila opa ana shu kishi

bo‘ladi, – dedi.

Bir nechta qizlarga to‘lqinlanib nimlarnidir o‘rgatayotgan, ko‘zlarida g‘ayrat va shijoat, o‘z kasbidan mamnunlik hissi aks etgan ayol – Jamila Hamidova 45 yildan ortiq umrini bolajonlar davrasida o‘tkazib, ularga qadimiy xalq qo‘shiqlari, laparlari hamda raqslarini o‘rgatishga baxshida etgan. Mana, ko‘p yildirki, bu jonkuyar ayol poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Madaniyat uyi” qoshida tashkil etilgan “Hilola” folklor-etnografik raqs dastasiga rahbarlik qilib kelayapti. Ayni damda mazkur guruhda yetti yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan 30 nafar bola san’at sirlarini qunt bilan o‘rganmoqda. Ularning o‘n nafari imkoniyati cheklangan bolalar hisoblanadi. Jamila opa Marjona va Ziyoda kabi yana bir nechta tug‘ma qusuri bor qizlarga ko‘p yildan beri raqs sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

– Qizim Munisaning raqsga tushishga qobiliyati bor. Ba’zan undagi ishtiyoqni ko‘rib, hayratga tushardim. Ammo uning tug‘ma qusuri bo‘lgani bois, raqs to‘garaklariga olib borish meni biroz ikkilantirardi. Jamila opaning qizimga milliy ashula va raqs sirlarini o‘rgatib kelayotgani katta madad bo‘ldi, – deydi ustozdan minnatdor Maxsuma Karimova.

Jamila opa bilan suhbatlashish davomida uning bir so‘zi ko‘nglimdan joy oldi. “Bu dunyoda har bir inson baxtli bo‘lishga haqlidir”. Bolalar, jumladan, ko‘ngli kemtik yoshlar ko‘nglida san’atga mehr-muhabbat uyg‘otish ilinjida ularga shu sohada sabot bilan ko‘p yillardan beri ta’lim berish uchun esa insonga “katta yurak” kerak, nazarimda. Jamila opa ana shunday yurak sohibasi, desam mubolag‘aga yo‘ymang.

Jamila opa insonning irodali, e’tiqodli bo‘lib kamol topishida ustozlarning o‘gitlari nechog‘li muhimligini anglab, ularni shogirdlariga ham uqtirishdan charchamaydi. Zero, Jamila opa ustozlari – Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Rayhon To‘rayeva, Oyxon Yoqubova kabilardan ham nafaqat raqs va san’atning nozik sirlarini, balki o‘zbek ayoliga xos sabr-matonat, jonkuyarlikdan ham saboq olgan ekan. Jamila Hamidovaning mehnati natijasi o‘laroq, hozirgi kunda “Hilola” folklor etnografik raqs dastasi tuman va shahar miqyosida o‘tkaziladigan turli tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Eng asosiysi esa o‘z orzularini ro‘yobi uchun intilayotgan qizlar va shu asnosida – ularning shodligiga guvoh bo‘layotgan ota-onalarning quvonchi cheksiz hisoblanadi.

Yana o‘qing:  Hayajonlarga boy CHEMPIONAT YAKUNLANDI

Ma’rifat TOLIPOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: