YAXShILIK yerda qolmaydi

Yigirmanchi asr boshlarida shotlandiyalik bir fermer o‘rmon ichidagi botqoqlik bo‘ylab uyga qaytayotgan edi. To‘satdan “Yordam beringlar” degan qichqiriqni eshitib, o‘sha tomonga burildi va botqoq ichida jonholatda tipirchilayotgan yigitchaga ko‘zi tushdi. Yigit botqoqdan chiqishga urinar, lekin talpingan sari botqoq uni battar komiga tortardi. Fermer darhol botqoq chetida o‘sgan daraxtning baquvvat novdasini kesib olib bir uchini cho‘kayotgan yigitga uzatdi. Yigitcha novdani ushlab xavfsiz joyga chiqib olgach ham uzoq vaqt ko‘z yoshini to‘xtatolmadi. U juda qo‘rqib ketgan edi.

– Biznikiga boramiz! – dedi fermer. Sen kiyimlaringni quritib, isinib, o‘zingga kelib olishing kerak.

– Yo‘q, yo‘q, meni uyda dadam kutayapti, tezroq bormasam u xavotirlanadi, – yigit o‘z xaloskoriga minnatdor nigoh bilan bir qarab qo‘ydi-da yugurgancha ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Ertalab fermer eshigi oldiga chiroyli uchqur tulpor, qo‘shilgan, hashamatli foytun kelib to‘xtadi. Foytundan bashang kiyingan janob tushdi va so‘radi:

– Kecha meni o‘g‘limni o‘lim changalidan qutqargan sizmi?

– Ha, men, – javob berdi fermer.

– Bu oliyjanobligingiz uchun sizga qancha berishim kerak?

– Meni xafa qilmang janob, siz mendan hech qancha qarzdor emassiz. Men har bir vijdonli inson qilishi kerak bo‘lgan ishni qildim, xolos.

– Yo‘q, – qat’iy ohangda dedi, mehmon. – Men o‘g‘limning xaloskorini taqdirlashim shart. Chunki, o‘g‘lim men uchun judayam qadrli, siz xohlagan narxni ayting, to‘layman.

– Men bu haqida boshqa gapirishni xohlamayman. Salomat bo‘ling, – fermer shunday deb uyi tomon burilib keta boshladi. Shu payt muyulishdan bir o‘smir chiqib qoldi.

– Bu sizning o‘g‘lingizmi? – so‘radi janob.

– Ha, mening o‘g‘lim, – dedi g‘urur bilan fermer va o‘g‘lini boshini silab qo‘ydi.

– Unda bunday qilamiz. Men o‘g‘lingizni Londonga olib ketaman va uni o‘qishi uchun pul to‘layman. Agar u ham xuddi otasi kabi saxovatpesha inson bo‘lib yetishsa, siz ham, men ham bu qarorni to‘g‘riligidan afsuslanmaymiz.

Oradan yillar o‘tdi. Fermerning o‘g‘li avval maktabda, keyin tibbiyot oliygohida o‘qidi va dunyoga tibbiyotda inson sog‘ligi uchun juda zarur bo‘lgan penitsillin kashfiyotchisi – Aleksandr Fleming bo‘lib tanildi…

Yana o‘qing:  Ko‘z yosh terapiyasi: nima uchun yig‘lash foydali?

Urush arafasida Londondagi eng boy klinikalardan biriga o‘pka zotiljami bilan og‘rigan bemorni – yuqorida biz tilga olgan tanti janobning o‘g‘lini olib kelishdi. Siz nima deb o‘ylaysiz, bu safar uning hayotini nima saqlab qoldi? Shubhasiz, Aleksandr Fleming tomonidan yaratilgan penitsillin!

Flemingni oliy ta’lim olishiga yordam bergan o‘sha boy janobning ismi Randolf Cherchill uning o‘g‘lining ismi esa – Uinston Cherchill bo‘lib – keyinchalik u Angliya bosh vaziri lavozimida ishlagan.

Uinston Cherchill shunday degan edi: “Kimki birovga yaxshilik qilsa, bu yaxshilik albatta, bir kun kelib o‘ziga qaytadi”.

Rus tilidan Muhabbat HAMIDOVA tarjimasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: