Ochiq eshiklar kuni

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 60-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida an’anaviy “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish hamda o‘qituv­chilarning zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalana olishini namoyish etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy etilgan pedagogik tavsiyalarning o‘zlashtirib borilishini ko‘rsatishdan iborat.

– Tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da imkon qadar barcha fanlarni qamrab olishga harakat qildik. Ijtimoiy fanlar bilan birgalikda aniq fanlarga ham katta e’tibor berdik, – deydi maktab direktori Tatyana Nekrasova.

“Ochiq eshiklar kuni”da respublika fan olimpiadalarida maktab o‘quv­chilarining qo‘lga kiritgan yutuqlari ana shunday tadbirlarning samarasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

M.TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Sport – chiniqish maktabi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: