Ezgu ishni har kun qilmoq kerak

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda Kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 14 nafar imkoniyati cheklangan bolalarga AQSHning “AmeriCares” xalqaro tashkiloti tomonidan maxsus nogironlik aravachalari va uning ehtiyot qismlari topshirildi.

Fondning muruvvat yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlaridan biri hisoblangan “AmeriCares” xalqaro tashkiloti bilan 18 yil mobaynida hamkorlik qilib kelinadi. Ushbu tashkilot tomonidan joriy yilda umumiy qiymati 23ming 803,8 AQSH dollariga teng bo‘lgan 550 ta nogironlar aravachasi yuborilgan bo‘lib, bugungi kunda fond va uning hududiy filiallari orqali imkoniyati cheklangan fuqarolarga topshirilmoqda.

O‘z muxbirimiz

Яна ўқинг:  Fond faoliyatidan (2014/19)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: