Uyqusizlikka qarshi qaysi vitamin foyda beradi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har uch kishidan biri vaqti-vaqti bilan uyqusizlik muammosidan aziyat chekadi. Ayniqsa, bundan keksalar ko‘proq qiynalishi ma’lum.

Ammo so‘nggi paytlarda stress, turli surunkali xastaliklar, nosog‘lom turmush tarzi va tig‘iz ish rejimi tufayli bu holat o‘rta yoshli erkak va ayollar, hatto bolalarda ham kuzatilmoqda.
Shifokorlar uyqusizlikning davosi melatonin moddasi ekanligini yaxshi biladi. U xalqona tilda «uyqu gormoni» ham deb ataladi. Mazkur modda inson tanasida yarim tundan ertalabki soat 5:00 gacha maksimal darajada ishlab chiqariladi.
Mazkur jarayoning cho‘qqisi tungi soat 02:00 atrofi hisoblanadi. Bolalar qonida esa bu gormon miqdori yuqori bo‘lishi tufayli chaqaloqlar juda ko‘p uxlaydi.
Buyuk Britaniyaning Oksford akademiyasi olimlari uyqusizlikka melatonindan tashqari, V12 vitamini ham davo bo‘lishini aniqladi. Negaki, mazkur darmondori inson tanasidagi metabolizm jarayonini normallashtirib, uyqu uchun zamin yaratadi.
Sababi, o‘z vaqtida va to‘yib uxlash uchun ichaklar faoliyati normal bo‘lishi zarur. V12 vitamini ayni shu jarayonga ko‘maklashadi.


Olimlar bu xulosani tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Unga uzoq yillar uyqusizlikdan aziyat chekkan ko‘ngilli kishilar jalb qilinib, bemorlarga V12 vitamini berildi. Natijada ishtirokilarning barchasida ijobiy natija qayd etildi.

Cog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati

Yana o‘qing:  Mevalar diabet rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: